Hindistonlik işbilarmonlar taşrif doirasida Jizzax viloyatida BMB Za'faron korxonasi faoliyati bilan tanişdi. Xususan, korxona tarkibidagi plantatsiyada amalga oşirilayotgan işlar, za’faron gullarini teriş, saralaş, quritiş va qadoqlaş jarayonini bevosita kuzatdi.

Mehmonlar BMB-NRC Agrologistics va BMB Agro Plus korxonalarida ham böldi. Vipin Aggarval bu yerda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişdan tortib ularni çuqur qayta işlaşgaça bölgan töliq zanjir taşkil etilganini yuqori baholadi. Za’faron va boşqa mahsulotlarni quritiş, qayta işlaş, xorijiy bozorlarga eksport qiliş böyiça yaqin şeriklik aloqalarini rivojlantirişdan manfaatdorlik bildirdi.

Tomonlar Özbekistonda yetiştirilgan za’faron, tabiiy meva-sabzavotlardan tayyorlangan tayyor va quritilgan mahsulotlarning Hindistonga eksportini faollaştirişda hamkorlik qiliş böyiça kelişib oldi.