Bugun, 28 noyabr, qiş kirib kelişiga 2 kun qoldi. Ötgan yilgidan farqli ravişda, kirib kelayotgan qiş mavsumi uçun ob-havo prognozlari e’lon qilingani yöq. 2023/2024 yilning qişi qanday ötişi haqida ötgan yili ança barvaqt ma’lumot taqdim etilgan, aniqroği 2023 yilning 5 oktyabrida AOKAda ötgan matbuot anjumanida Özgidromet agentligi vakillari bu haqida axborot bergandi.
Kun.uz 2024/2025 yil qişida özbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotgani haqida ma’lumot oliş uçun agentlikka bir neça bor sörov yubordi. Biroq agentlik matbuot xizmati ma’lumotlar avvalo hukumatga taqdim etilişi, prognozlarni e’lon qiliş vaqt olişini ma’lum qildi.
“Bundan taşqari, prognoz taxminiy bölgani bilan, butun boşli infratuzilma va iqtisodiy tarmoq uçun muhim hisoblanadi. Şularni hisobga olib, aniqroq tuzişga harakat qilinadi. Ob-havo şaroitlari esa har kunlik, hatto soatlik özgariş xususiyatiga ega”, – dedi mas’ul.
Ma’lumot uçun, Özgidromet e’lon qilgan haftalik ma’lumotlarga köra, 1 dekabr kuni vodiy viloyatlaridan taşqari barça hududlarda qor yoğişi mumkin.
Qiş faslining qanday ötişi haqida taxminiy ma’lumotlar yöq. Biroq yaqinda dekabr oyining qanday ötişi haqida iqlimşunos Erkin Abdulahatov özining şaxsiy örganişlarini Gazeta.uz’ga ma’lum qilgandi. Unda aytilişiça, dekabr oyida havo harorati tungi vaqtlarda barqaror nol darajaga yaqin bölişi, şimoldan tösatdan sovuq havo massalarining çuqur kirib kelişi kuzatilişi mumkin. Şuningdek, havoda nisbiy namlikning mavsumiy oşişi ortidan virus va bakteriyalarning faollaşuvi, turli havo oqimlari tez örin almaşişi, atmosfera bosimining qisqa vaqt içida keskin özgarişining oqibatlari soğliqni saqlaş tizimiga ham yuklamani köpaytirişi mumkinligi aytilgan.
“Özbekistonda dekabr sönggi yillarda biroz iliq kelyapti. Sönggi 5−8 yillikdagi dekabrlarda juda kam qor yoğgani ham bunga bir dalil. 2024 yil dekabrida ham mamlakatda ehtimoliy oylik harorat me’yor darajasida va undan biroz yuqori bölişini taxmin qiliş mumkin. Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston sinoptiklari ham Özbekistonda yil oxirida köp yillik belgilangan me’yor yoki undan biroz yuqoriroq harorat — «iliqroq» dekabr kuzatilişini taxmin qilgan.
Qolaversa, El-Nino va La-Ninya hodisalarini kuzatiş usuli ham dekabr iliqroq kelişi haqida xulosa çiqarişga undaydi. Ammo Qozoğistonda oyning birinçi yarmida ehtimoliy sovuq antitsiklon markazining ötişi va mamlakatning ayrim mintaqalarida havo harorati -37 darajagaça sovib ketişi ham inobatga olinadigan bölsa, reallikda hammasi boşqaça bölişi ham mumkin.








