Qayd qilinişiça, ötgan 10 oyda 26 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya kiritilgan. Bu – ötgan yilga nisbatan 1,7 barobar köp. Şundan qariyb 24 milliard dollari töğridan töğri sarmoyalardir. Noyabr-dekabr oylarida yana 8,6 milliard dollar investitsiya kelişi kutilmoqda.

Yiğilişda investitsiyalarning jalb etilişi hamda loyihalarning bajarilişi har bir hudud va tarmoq kesimida atrofliça tahlil qilindi. Sakkizta tuman va şaharda investitsiya körsatkiçlari past bölgan. Ayrim tarmoqlarda ötgan yilga nisbatan kamaygan. Xalqaro moliya institutlari bilan amalga oşirilayotgan ba’zi loyihalar sust bormoqda. Xususan, 17 ta loyiha hujjatini işlab çiqiş va tender jarayonlari keçikkan.

Yiğilişda mutasaddilar yil yakunigaça kutilayotgan natijalar va 2025 yilga möljallangan rejalar yuzasidan axborot berdi.

Prezident hududlarning investitsiyaviy faolligini yanada oşiriş, bu boradagi yondaşuvlarni tubdan özgartiriş şartligini körsatib ötdi. Masalan, Yevropa taraqqiyot va tiklaniş banki mamlakatimiz biznes muhitidagi ijobiy özgarişlarni, iqtisodiyotimizning ösiş sur’atlarini hisobga olib, xususiy sektor iştirokidagi loyihalarni ham moliyalaştirişga tayyorligini bildirgan.

Hududlar bunday imkoniyatlardan unumli foydalanişi, mustaqil mablağlar ham jalb etişi kerak. Şu bilan birga, investitsiyalarning nafaqat hajmini, balki sifatini ham oşiriş zarur. Ya’ni, jalb qilingan har bir dollar sanoatni rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş, eksport salohiyatini oşirişga xizmat qilişi lozim.

Yiğilişda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlardan mablağ jalb etiş hajmlari va yönalişlarini yana bir bor körib çiqiş vazifasi qöyildi. 2025 yil uçun loyihalarni tarmoq va hududlar kesimida, şu jumladan, davlat-xususiy şeriklik va xususiy sarmoyalar yönalişida aniq belgilab oliş muhimligi ta’kidlandi.