AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga 725 million dollarlik harbiy yordam paketini tayyorlamoqda. Bu haqda 27 noyabr, çorşanba kuni Reuters agentligi Vaşingtondagi nomi oşkor etilmagan ikki mulozimga tayanib xabar berdi. Ularning sözlariga köra, yangi töplamga AQŞ zaxiralaridagi turli xil tankka qarşi qurollar, minalar, dronlar, Stinger köçma ZRK uçun snaryadlar va HIMARS YaÖRT uçun öq-dorilar kiradi. Bularning barçasi Ukraina Qurolli kuçlariga Rossiyaning Ukraina şarqida sönggi oylarda kuçaygan hujumini uşlab turişda yordam berişi kerak.

Yangi yordam paketining mazmuni va uning hajmi tasdiqlanmagan va yaqin kunlarda özgarişi mumkin, deya ta’kidlaydi Reuters.

AQŞ Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratilişini e’lon qildi

Qöşma Ştatlar Rossiya agressiyasidan özini himoya qilayotgan Ukrainaga 275 million dollarlik qurol va harbiy texnikadan iborat qöşimça yordam paketini taqdim etmoqda. Bu haqda 20 noyabr kuni AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken bayonot berdi. Avvalroq AP agentligi manbalarga tayanib, Vaşingtonning Kiyevga yana 275 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etiş rejalari haqida qöşimça ma’lumot bermasdan yozgan edi.

Aniqlik kiritilişiça, Ukrainaga navbatdagi yordam paketining ajratilişi AQŞ prezidenti Jo Bayden 26 sentabr kuni – Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Oq uyda uçraşuvi arafasida e’lon qilgan uşbu mamlakatga yordamni kengaytiriş doirasida amalga oşirilmoqda. 

Öşanda Bayden AQŞ Mudofaa vazirligiga Kongress tomonidan ma’qullangan mablağlar hisobidan Ukrainaga 5,5 milliard dollar miqdorida yordam yönaltirişni buyurdi, şunda uning ma’muriyati prezidentlik muddati tugagunga qadar «Kongress tomonidan ajratilgan mablağlardan töliq foydalanişi mumkin».

Şu kuni, 26 sentabrda Oq uy Pentagon Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi doirasida Kiyevga 2,4 milliard dollar ajratişini ma’lum qildi.