Özgidromet xizmati agentligi dekabr oyida Özbekistonda qanday ob–havo bölişi haqida prognozlarini e’lon qildi. Unga köra, oyning birinçi 10 kunligida Özbekiston hududi böyiça harorat tartibi örtaça köp yillik qiymatlarga yaqin böladi. Havo harorati asosan keçalari −3…+2, kunduzlari +3…+8, ba’zi joylarda +10 darajagaça, şimolda keçalari −3…−8, kunduzlari +2…+7 daraja iliq atrofida bölişi kutilmoqda.

1 dekabrda respublika böyiça ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, ayrim joylarda qorga aylanişi mumkin) böladi. 2 dekabrda ayrim toğli hududlarda biroz qor yoğişi kutilmoqda.

Birinçi 10 kunlikning oxirigaça (3–8 dekabr) Özbekiston hududi böyiça asosan quruq ob–havo kuzatiladi va faqat ön kunlik oxirida (9–10 dekabr) respublika böyiça ba’zi joylarda yoğingarçilik bölişi mumkin.

Dekabr oyining ikkinçi va uçinçi ön kunliklarida harorat 0…-5 darajadan +2…+7 darajagaça, kunduzlari +3…+8 darajadan +10…+15 darajagaça özgarib turadi. Oy oxirida harorat keçalari −5…−10, kunduz kunlari 0…-5 darajagaça pasayadi. Şimolda harorat keçalari −8…−13 darajadan, ba’zi joylarda −15…−17 darajadan −3…+2 darajagaça, kunduzlari −2…+3 darajadan +3…+8 darajagaça özgarib turadi.

Eslatib ötamiz, Özgidromet qişki prognozlarini ötgan yili oktyabr oyining boşida e’lon qilgan edi. 2024/2025 yil işi uçun prognozlar biroz keç e’lon qilindi. Bu haqda Kun.uz’da maqola e’lon qilingan edi.