Bolalar ombudsmani Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida maktab öquvçisi öqituvçi tomonidan kaltaklangani yuzasidan ma’lumot berdi.
Öquvçining kaltaklanişi tasvirlangan holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ma’lum qilinişiça, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Aniqlanişiça, joriy yilning 9 oktabr kuni Oqqörğon tumanida joylaşgan 6-umumta’lim maktabining informatika fani öqituvçisi M.A. (1990 yilda tuğilgan erkak) mazkur fandan qöşimça dars ötayotgan vaqtida 9-sinf öquvçisi voyaga yetmagan Q.S. (2009 yilda tuğilgan öğil bola) dars jarayonida öqituvçini göyoki çalğitgani tufayli öqituvçi Q.S.ni haqorat qilib, urib döpposlagan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan Oqqörğon tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Voyaga yetmagan Q.S.ga nisbatan jarohat darajasini aniqlaş böyiça sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Avvalroq Örta Çirçiqda 9-sinf öquvçisi sinfdoşlari tomonidan kaltaklangani, Toşkentda litsey öqituvçisi öquvçini döpposlagani töğrisida xabar berilgandi.












