Iqtisodiyot va moliya vazirligi transport, aloqa, turizm va uy-joy kommunal xöjaligi sohalarida 2024 yil töqqiz oylik yakunlari böyiça erişilgan natijalarini e’lon qildi.

Qayd etilişiça, Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati joriy yil oxiriga qadar 37,3 ming dona reysni amalga oşirişi kutilmoqda — bu 2023 yilga nisbatan 15 foizga köp (2024 yilning töqqiz oyida 32,9 ming dona reys amalga oşirilgan).

Aviakompaniya bu orqali 6 million nafar yölovçiga xizmat körsatadi. Hisob-kitoblarga köra, Uzbekistan Airways’ning 2024 yil davomida jami daromadi 20 trillion 133,6 milliard sömni va jami xarajati 19 trillion 408 milliard sömni taşkil etadi. Bunda sof foyda 725,6 milliard sömga yetişi kutilmoqda. Ta’kidlanişiça, yanvar—sentabr oylari böyiça aviakompaniyaning sof foydasi 477,1 milliard sömni taşkil etgan.

Şuningdek, Uzbekistan Airports AJning 2024 yil davomida sof foydasi 511,3 milliard sömga yetişi kutilyapti (töqqiz oy yakunlari böyiça sof foyda 426 milliard sömni taşkil etgan).

Eslatib ötamiz, oktyabr örtalarida Soliq qömitasi 2024 yilning uç çoragi böyiça Özbekistonning eng yirik 10 ta davlat va xususiy sektordagi soliq tölovçilarini ma’lum qilgandi. Davlat korxonalari orasida NKMK, OKMK va UzGasTrade, xususiy sektor orasida esa UzBAT, Enter Engineering va Tashkent Tabacco yetakçilik qilgan.