Ruminiyada 1 dekabr, yakşanba kuni bölib ötgan parlament saylovlarida saylov uçastkalari yopilganidan söng, mamlakatning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi (PSD) eng köp ovoz yiğmoqda. Onlayn ovozlarni hisoblaş ma’lumotlariga köra, byulletenlarning qariyb 90 foizi qayta işlangandan söng, PSD 23,84 foizni oladi. Undan keyingi örinda 17,85 foiz ovoz bilan öta öng «Ruminlar birligi uçun alyans» (AUR), uçinçi örinda 14,64 foiz ovoz bilan öng markazçi Milliy-liberal partiya joylaşgan.

Avvalroq e’lon qilingan ekzitpollar natijalariga köra, PSD 26 foiz, AUR 19 foiz ovoz olgan. Biroq, barça öta öng partiyalar katta muvaffaqiyatga erişdi, mutaxassislar ta’kidlaşiça, ularning umumiy natijasi taxminan 30 foizni taşkil etdi. Agar saylovning yakuniy natijalari ekzitpollar orqali tasdiqlansa, PSD boşçiligidagi ğarbparast koalitsiya hukumatni şakllantiriş uçun parlamentda yetarliça örinlarni qölga kiritişi mumkin. Ruminiyaning sotsial-demokrat boş vaziri Marçel Çolaku mamlakat «özligini, milliy qadriyatlarini va e’tiqodini himoya qilgan holda» Yevropa yölida davom etişi kerakligini aytdi.

Biroq, ekzitpollar natijalariga xorijda işlayotgan yuz minglab ruminiyaliklarning ovozlari kiritilmagan, ular öta öng guruhlar va markazçi muxolifatni qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda. Xorijda ovoz beriş keça boşlandi va ikki kun davom etadi.

Ruminiyada prezidentlik saylovlaridagi ovozlar qayta sanaladi

Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi Markaziy saylov komissiyasiga öta öng rossiyaparast siyosatçi Kelin Jorjyesku eng köp ovoz olgan prezidentlik saylovlarining birinçi bosqiçi natijalarini qayta hisoblaş majburiyatini yukladi. Bu haqda 28 noyabr kuni Ruminiyaning Digi24 telekanali xabar berdi. Kanal suhbatdoşlari ta’kidlaganidek, bunday çora firibgarlik gumonini bartaraf etiş uçun zarur. Şunday qilib, ovoz berişning birinçi bosqiçi natijalarini rasman tasdiqlaş keyinga qoldirildi.

Prezidentlikka ikki nomzod birinçi tur natijalarini bekor etişni talab qilmoqda

Şu bilan birga, sudga prezidentlikka ikki nomzoddan birinçi tur natijalarini bekor qiliş töğrisida arizalar kelib tuşdi. Sud Kristian Terxeşning apellyatsiya arizasini qonunda belgilangan muddatdan keyin berilganligi sababli rad etdi. Sebastyan Popesku topşirgan ikkinçi arizani körib çiqiş 29 noyabr kuni bölib ötişi kutilmoqda.

Popesku Jorjyeskuni saylovoldi taşviqotini moliyalaştiriş manbalarini yaşirganlikda va şu tariqa özini «şaffof mustaqil nomzod» sifatida körsatib, saylovçilarni çalğitayotganlikda aybladi. Bundan taşqari, Popesku sözlariga köra, Jorjyeskuning TikTok platformasidagi saylovoldi videolarining «viruslilik» kölamiga faqat blogerlar va reklamalar yordami bilan erişib bölmaydi. «Gap ofisi Xitoyda joylaşgan TikTok'ning töğridan töğri qöllab-quvvatlovi haqida ketyapti», dedi Popesku.