AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan CNN telekanaliga bergan intervyusida Suriya muxolifati kuçlari tomonidan Halab ustidan nazorat örnatilişiga izoh berdi.
«Muxolifat e’tiborini yillar davomida ularga bosim ötkazgan uç aktyorga qaratdi: Eron, Rossiya va «Hizbulloh». Endi ular bu aktyorlarni zaifligini körmoqda va bundan foydalanişga harakat qilmoqda», dedi Sallivan.
Uning sözlariga köra, hujumlarning tezkorligi Suriya rejimi va mintaqaviy kuzatuvçilar uçun kutilmagan bölgan. Sallivanning qöşimça qilişiça, bu özgarişlar Ukrainadagi vaziyat bilan bir qatorda Rossiya va Eronning strategik pozitsiyalarining zaiflaşuvi oqibatidir.
Suriyadagi AQŞ qöşinlari uçun yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni izohlar ekan, Sallivan şunday dedi: «IŞID bilan kuraşga safarbar etilgan kuçlarimiz boşqa mintaqada joylaşgan, şuning uçun bu hujumlardan töğridan-töğri tahdid yöq. Biroq ular Eron, Iroq va Suriyadagi şia guruhlari tahdidi ostida qolmoqda. Biz ularni himoya qiliş va ehtimoliy hujumlarga javob beriş uçun har kuni işlayapmiz», dedi u.
Sallivan Qöşma Ştatlar voqealar rivojini xavotir bilan kuzatişda davom etayotganini ta’kidladi. U Vaşington Suriya rejimiga qarşi bölgan «Hay’at Tahrir aş-Şom» (Hş) qurolli guruhini «terrorçi taşkilot» sifatida tasniflaşini eslatib, uning maqsad va niyatlaridan xavotir bildirdi.
Şu bilan birga, Sallivanning ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlar muxolif kuçlarning Rossiya, Eron va «Hizbulloh» tomonidan qöllab-quvvatlangan Başar Asad hukumatiga bosim ötkazişiga, ayniqsa Damaşq tomon oldinga siljişiga e’tiroz bildirmaydi.
U vaziyatni «murakkab» deb atadi va Vaşington mintaqaviy şeriklar bilan faol hamkorlik qilişda davom etişini aytdi.













