Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlaşgan holda ma’muriy boşqarişning maqsadlari:
- favqulodda holat va vaziyatlarning oldini oliş hamda oqibatlarini bartaraf etiş böyiça keçiktirib bölmaydigan çoralarni köriş imkoniyatini ta’minlaş;
- davlat boşqaruvi, huquq-tartibotni, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini ta’minlaşda aloqa bilan uzluksiz hamda barqaror ta’minlaş.
Favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari Raqamli texnologiyalar vazirligining Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi tomonidan maxsus iste’molçilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlarining boşqariş markazlari bilan birgalikda markazlaşgan holda ma’muriy boşqariladi.
Maxsus iste’molçilar - Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, DXX, Milliy gvardiya va Elektron texnologiyalarni rivojlantiriş markazi.
Raqamli texnologiyalar maxsus vakolatli organ tomonidan favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya operator hamda provayderlarining tarmoqlari va vositalaridan foydalanişni töxtatib qöyiş yoki çeklaş töğrisidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
- maxsus iste’molçilarning ehtiyojlarini qanoatlantiriş uçun böş telekommunikatsiya resurslari va vositalari mavjud bölmaganda;
- telekommunikatsiya tarmoqlarida yuklaniş ortib ketişining oldini oliş zarur bölganda;
- favqulodda holat va vaziyatlar hududida işga jalb qilinadigan radioelektron vositalar işida elektromagnit moslaşuvini ta’minlaş zarur bölganda.
Favqulodda holatlarda Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanişni töxtatib qöyiş yoki çeklaş töğrisidagi qaror prezidentining favqulodda holat joriy etiş töğrisidagi farmoni bilan favqulodda holat davriga tuziladigan Favqulodda holat rejimini ta’minlaş böyiça davlat komissiyasi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.








