Özbekistonning Hindistondagi elçisi Sardor Rustamboyev “Tejas Networks” kompaniyasi vitse-prezidenti Rajniş Khullar bilan uçraşdi.
Rajniş Khullar Hindistondagi yirik loyihalarni amalga oşiriş tajribasi, jumladan, “BSNL” davlat operatori uçun milliy 4G tarmoğini yoyiş va 250 mingdan ortiq qişloq aholi punktlarini yuqori tezlikdagi internetga ulaş borasidagi ma’lumotlar bilan örtoqlaşdi.
Hamkorlikning asosiy yönalişlari sifatida “Tejas Networks” vitse-prezidenti “Özbektelekom” AK bilan 5G aloqa standartlariga ötiş, simsiz infratuzilmani rivojlantiriş va Özbekistonning qişloq hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlaş jarayonida özaro hamkorlik qilişni taklif etdi.
Tomonlar Özbekiston hududida zamonaviy telekommunikatsiya uskunalarini işlab çiqarişni taşkil etiş imkoniyatlarini muhokama qildi. Bundan taşqari, ilğor telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali muhandislar tayyorlaş muloqotning muhim masalasiga aylandi.
“Tejas Networks” telekommunikatsiya uskunalarini işlab çiqaruvçi va loyihalovçi yetakçi kompaniyalardan biri bölib, aloqa operatorlari, internet-provayderlar, mudofaa va davlat sektorlari uçun yuqori texnologik mahsulotlar yetkazib beradi.








