Gurjistonda 2 dekabr, duşanba kuni mamlakatning YeI bilan yaqinlaşiş tarafdorlari yangi hukumatning Yevropa integratsiyasiga intilişdan boş tortişiga qarşi qatorasiga beşinçi kun norozilik namoyişiga çiqdi. «Kavkazskiy uzel» internet naşri va bir qator Telegram-kanallari xabar berişiça, öşa kuni politsiya yiğilganlarga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz, suv purkagiçlar va tutunli granatalardan faol foydalangan.
Sovanews internet naşrining yozişiça, norozilik namoyişlari nafaqat poytaxtda, balki Gurjistonning Batumi, Kobuleti, Ozurgeti va boşqa şaharlarida ham bölib ötmoqda. DW muxbirining xabar berişiça, Tbilisi va mamlakatning boşqa yirik şaharlarida ön minglab odamlar köçalarga çiqqan.
Tbilisidagi parlament binosi oldida qattiq qölga olişlar kuzatilgani xabar qilingan. Bunga javoban namoyişçilar pirotexnika vositalaridan foydalanişgan. Rustaveli prospektida barrikadalar örnatildi. «Exo Kavkaza» xabariga köra, yiğilganlar norozilik belgisi sifatida parlament binosining temir panjarasiga urgan, şundan söng suv purkovçi maşina işga tuşirilgan.
«Rustaveli prospektida davom etayotgan miting tinç yiğiliş doirasidan çiqib ketdi, şuning uçun Içki işlar vazirligi parlament binosi atrofini tozalaş uçun agressiv norozilik guruhi a’zolariga nisbatan qonunda nazarda tutilgan maxsus çoralarni qöllaydi», — deyiladi Gurjiston Içki işlar vazirligi 2 dekabr kuni ingliz tilida e’lon qilgan bayonotda.
Avvalroq idora Tbilisidagi namoyişlarning dastlabki tört kunida 224 kişi qölga olingani haqida xabar bergan edi.
Tbilisida maxsus kuçlar namoyişçilarga qarşi suv purkagiçlardan foydalanmoqda
Tbilisida törtinçi kun ham davom etgan ommaviy norozilik namoyişlarida politsiya maxsus kuçlari parlament binosi yaqinida töplanganlarga qarşi suv purkagiçlardan foydalangan. «Rustaveli prospektidagi vaziyat tarangligiça qolmoqda, maxsus kuçlar parlament hovlisi içki hududidan suv purkagiçlarni işlatişda davom etmoqda, biroq ba’zi namoyişçilar joyida qolmoqda», deb yozadi Paper Kartuli.








