Köp kvartirali uylarni boşqariş organlaridagi lokal qozonxonalarga issiqlik energiyasi yetkazib beriş uçun tabiiy gaz tariflari pasaytirildi. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar berdi.

2024 yil 31 maydagi Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan tabiiy gazdan foydalaniş qoidalarining 111-bandiga asosan, maişiy iste’molçini gaz bilan ta’minlaş uçun tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik şaxslar yotoqxonalariga, xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlariga hamda aholi ehtiyojlari uçun lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz böyiça tölovlar va hisob-kitoblar kommunal-maişiy iste’molçilar uçun belgilangan tariflar va şartlar asosida amalga oşirilişi qayd etilgan.

Mazkur talab asosida aholi ehtiyojlari uçun issiqlik energiyasi yetkazib berişda lokal qozonxonalarda me’yordan ortiq tabiiy gaz iste’mol qilingan bölib, tölovlar va hisob-kitoblar 4 barobargaça qimmat tariflarda hisoblanib kelingan. Buning oqibatida aholi lokal qozonxonalar orqali issiqlik energiyasidan foydalanişda qimmat narxlarda tölov qilişga majbur bölgan. 

Uşbu muammoni bartaraf etiş maqsadida hukumatga tegişli taşkilotlar tomonidan taklif kiritilgan va Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan tabiiy gazdan foydalaniş qoidalarining 111-bandi özgartirilgan.

“Lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz böyiça tölovlar va hisob-kitoblar maişiy iste’molçilar uçun bazaviy me’yor böyiça belgilangan tarif asosida (ya’ni amalda 650 söm) amalga oşirilişi qayd etildi”, deyiladi Raqobat qömitasi xabarida.