Şakarov Dilşod Esanoviç Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boşqarmasi rahbari sifatida iş boşladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dilşod Şakarov 1975 yil yilda Samarqand şahrida tuğilgan. 1999 yilda Samarqand kooperativ institutini, 2009 yilda Samarqand davlat universitetini, 2024 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. U 2018-2019 yillarda ham Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
Dilşod Şakarov tayinlovga qadar Uçquduq tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boşqarmasi rahbari sifatida Merey Omonboyeva faoliyat yuritib kelayotgan edi. U oldinroq sud hukmi bilan juda köp miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topilgandi. Hukmga köra u Navoiy şahar hokimi nomidan foydalanib, tadbirkorning köp miqdordagi pulini qölga kiritgan hamda öz ehtiyoji uçun sarflab yuborgan.








