Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd taşkilotçilaridan biri sifatida körilayotgan Javlon Yunusov Özbekistonda önlab biznes loyihalarda iştirok etib kelgan. U ta’sis etgan firmalar qurayotgan köp qavatli turar-joy majmualari mijozlarga kelişilgan muddatda topşirilmagani ma’lum böldi. Mijozlarga va’da qilingan kvartiralar qurilmagan, ular tölagan “pulni qaytarişni va’da berayotgan” sotuv ofislari ayni paytda yopiq. Quriliş, farmatsevtika, ta’lim, mebel işlab çiqariş va boşqa sohalarda faoliyat yurituvçi önlab firmalarda ta’sisçi bölgan Javlon Yunusovning özi esa hozir qamoqda.
Komil Allamjonovga suiqasd taşkilotçilaridan biri sifatida körilayotgan Javlon Yunusov Özbekistonda turar-joy majmualarini quriş, farmatsevtika, ta’lim, mebel işlab çiqariş va boşqa köplab sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan kompaniyalarning uluşdori hisoblanadi.
Bir guruh fuqarolar Kun.uz'ga yöllagan murojaatlarida Javlon Yunusovga tegişli ekani aytiladigan kompaniya qurayotgan köp qavatli turar-joy majmualari va’da qilingan muddatda topşirilmayotgani haqida söz boradi.
“Minor Towers”
Poytaxtning Şayxontohur tumani Labzak mahallasida qad rostlaşi kerak bölgan “Minor Towers” qurilişi noma’lum sabablarga köra töxtab qolgan.
Uşbu majmuani Javlon Yunusov 90 foiz uluşiga egalik qiluvçi "Bir Capital Fund I" MÇJ qurayotgan bölgan.
“Georgiy degan yoş direktor bor. U bizni hademay quriladi, yuzimiz yoruğ böladi deb aldab yurdi. Nuqul Javlon akam deb uning ismini aytaverardi. “Zapis”larim ham bor. Keyin bilsak, Javlon Yunusov OAVlarda köp çiqayapti-ku, Allamjonovga [nisbatan uyuştirilgan suiqasdga] aloqador ekan. Demak, bu yerda banditlar boşqargan ekan-da? Demak, oldindan bular uyuştirib, odamlarni pulini olib yeb yurmoqçi bölgan insonlar ekan”, – deydi quriliş firmasidan jabrlanganlardan biri.
Mazkur MÇJ vakillari öz mijozlariga orzudagi “Minor Towers” 25 qavat bölişi, şundan 5 qavatida xizmat körsatiş tarmoqlari joylaşişi, 2025 yilning ikkinçi yarmida xonadonlar öz egalariga topşirilişini aytgan. Ijtimoiy tarmoqlar orqali aylantirilgan reklamalarda şu kabi va’dalar berilgan.
Fuqarolarning e’tirozlaridan söng, “Minor Towers” rahbari uy qurilişi 2025 yilning oxiriga qadar yakunlanişini ma’lum qilgan. Biroq, hududda quriliş izçil davom etmagan. Ofis markaziga kelib holat böyiça tuşuntiriş söraganlarga tayinli javob berilavermagaç, ularning köpçiligi pullarini qaytarib oliş harakatiga tuşişgan.








