Tadbirda aholisining 60 foizi 30 yoşgaça bölgan Özbekiston mehnat oqimini diversifikatsiya qiliş zarurligi ta’kidlandi, bu esa öz navbatida nemis tomoniga Germaniya iqtisodiyotidagi tajribali malakali işçi kuçi yetişmovçiligi örnini töldiriş imkonini beradi.
Özbekiston Migratsiya agentligi Xalqaro aloqalar boşqarmasi boş mutaxassisi Bunyod Yöldoşev öz ma’ruzasida, nemis tilini örganiş va kasb-hunarga öqitiş böyiça respublikada öquv markazlarini taşkil etiş töğrisida taqdimot qildi. Xorijiy hamkorlarga yaqin kelajakda Germaniyada mehnat migratsiyasi böyiça vakolatxona oçilişi haqida ma’lum qilindi.
"Vatanparvar" markaziy kengaşining kadrlar tayyorlaş va işlab çiqariş böyiça örinbosari Nizomjon Parmanov öz navbatida, iştirokçilarga avtotransport vositalari haydovçilarini, şuningdek, mutaxassislarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida sözlab berdi.
Paderborn bandlik agentligi vakili Klaus Xansmann öz nutqida, Germaniya bozorida ham mintaqaviy, ham federal darajada malakali kadrlarning keskin tanqisligi kuzatilayotganini ta’kidladi. Uning aytişiça, agentlik 100 dan ortiq yönalişda 1600 ga yaqin hunarmandçilik korxonalarini öz içiga oladi. Germaniya tomoni Özbekistonning işçi kuçi juda katta ekanligini qayd etiş barobarida, yaqin biznes aloqalarini örnatişdan manfaatdorligini bildirdi.
SBH West nemis ta’lim markazi boşqaruvçi direktori Peter Niyemann uşbu tadbir Germaniyada Özbekistondan avtobus va yuk avtomobil haydovçilari, teplovoz maşinistlari, şuningdek, ombor logistikasi böyiça mutaxassis kadrlar tayyorlaş va işga joylaştiriş böyiça özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun mustahkam poydevor bölişiga işonç bildirdi.
Davra suhbati doirasida salohiyatli iş beruvçilar bilan uçraşuvlar ötkazilib, korxona va ta’lim muassasalariga taşriflar taşkil etildi. Muzokaralar çoğida Özbekiston fuqarolarini Germaniyada quriliş va pardozlaş işlari, elektrotexnika va metallurgiya, yoğoçni qayta işlaş sanoati va soğliqni saqlaş sohalaridagi mavjud kasblar böyiça malakasini oşiriş va işga jalb etiş istiqbollari muhokama qilindi.
Şu bilan birga, Germaniya tomoni elektronika yoki metall texnologiyalari sohasida ikki yillik öquv dasturini tamomlagan özbekistonlik yoşlarni stajyor va malakali işçi sifatida jalb etiş böyiça hamkorlik qilişni taklif qildi.
Tadbir yakunida 2025 yilda Germaniyaning boşqa federal ölkalarida ham ana şunday davra suhbatlarini ötkaziş töğrisida kelişuvga erişildi.








