Andijonda «qizil toifa»ga kiritilgan maktab öquvçilari, şoliçilikda 78 foizga yetgan takroriy ekiş, maktablarda start olgan «1 million dasturçi» tanlovi va Germaniyadan Özbekistonga yaşil grantlar — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Andijonda öquvçilar «qizil toifa»ga ajratildi
Andijon viloyati Xöjaobod tumanida tuman IIB boşliği Rustam Jaloldinov maktablarning ayrim «qizil toifa»ga kiritilgan öquvçilari bilan uçraşuv ötkazgani şov-şuv böldi.
Özbekiston qonunçiligiga köra, bolalarni kamsitiş, ularning şa’ni va qadr-qimmatini poymol qiliş mumkin emas. «Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonunning 4-moddasida bolalarning kamsitilişiga yöl qöyilmasligi, 10-moddasida esa davlat tomonidan ularning qadr-qimmati himoya qilinişi belgilangan.
Tuman hokimligi matbuot xizmati tarqatgan xabarga köra, uçraşuvda 18 nafar öquvçi bilan ularning maktabdan keyingi rejalari muhokama qilingan va kerakli tavsiyalar berilgan. Xabarga ilova qilingan suratlarda römol öragan öquvçi qizlar va bir neça yigitlar körinadi. Ammo bolalarning qanday asosga köra «qizil toifa»ga kiritilgani haqida izoh berilmagan.
Mazkur bolalarning «qizil toifa»ga ajratilgani va ularning yuzlari ommaga oçiq holda körsatilgani qonuniy va axloqiy bahslarga sabab böldi.
Şoliçilikda takroriy ekiş 78 foizga yetdi
Özbekiston qişloq xöjaligida zamonaviy texnologiyalar va islohotlar natijasida katta natijalarga erişildi.
Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovga köra, islohotlar paxtaçilik, ğallaçilik va şoliçilik kabi tarmoqlarda tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va qöşilgan qiymat yaratişga qaratilgan yangi mexanizmlarni joriy qildi.
Şoliçilikda esa takroriy maydonlarga ekiş miqdori 78 foizni taşkil etib, zamonaviy texnologiyalar yordamida 30 foiz suv va 50 foiz uruğ tejaldi.
Qişloq xöjaligi sohasida yangi usullar, jumladan, lazerli tekislaş, tejamkor seyalkalardan foydalaniş hamda ilm-fan yutuqlari orqali hosildorlik oşmoqda.
Toşkentdan Guangjouga havo qatnovi
Özbekistoning Centrum Air aviakompaniyasi Toşkentdan Xitoyning Guangjou şahriga töğridan töğri havo qatnovini boşladi. Ilk parvoz Guangjouning «Bayyun» xalqaro aeroportida tantanali ravişda kutib olindi.
Centrum Air yangi qatnov doirasida Xitoyning 20 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari va tur agentliklari vakillarini Özbekistonga olib keldi. Ular mamlakatning turizm salohiyati bilan tanişib, yangi mavsum uçun sayyohlik dasturlari işlab çiqişni rejalaştirmoqda.
Endi aviaqatnovlar çorşanba va yakşanba kunlari muntazam amalga oşiriladi.
«1 million dasturçi»: ğolib maktabga elektromobil
Özbekistonda «Bir million özbek dasturçisi» loyihasining yangi mavsumi boşlandi.
Loyiha doirasida eng yaxşi ikki maktabga Prezident sovğasi sifatida elektromobillar, yuqori natija körsatgan öquvçilarga 700 ta noutbuk, Top-10 öqituvçi uçun çet el sayohatlari va muvaffaqiyatli 100 öqituvçiga pul mukofotlari ajratilişi közda tutilgan.
Loyihadan közlangan maqsad 2025-2026 yillarga kelib xalqaro IT sertifikatiga ega bölgan iştirokçilar sonini 1 million nafarga yetkazişdir.
Raqamli texnologiyalar vazirligining ta’kidlaşiça, IT-texnologiyalarni özlaştirgan yoşlar masofadan turib jahonning yetakçi kompaniyalarida işlaş imkoniyatiga ega böladi. Hozirgi kunda 10 mingdan ortiq dasturçi masofadan turib işlamoqda va bu raqam 2030 yilgaça 30 mingga yetişi kutilmoqda.
Germaniyadan Özbekistonga yaşil grantlar
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Özbekistonga yaşil master-rejalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş uçun 9 mln yevro grant ajratadi. Bu mablağlar orqali iqlim özgarişiga moslaşuvçan hudud va şaharlarni barpo etiş maqsad qilingan.
Grant kelişuvi 3 dekabr kuni Özbekiston hududiy rivojlaniş forumi doirasida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati örtasida imzolandi.
Şuningdek, GIZ «yaşil» sanoatlaştirişda xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş uçun 3 mln yevro miqdoridagi grant ajratişi ma’lum qilingan. Jamiyat 2023 yilda ham Özbekistonning xususiy sektori salohiyatini oşiriş hamda iqtisodiy siyosat böyiça maslahat beriş uçun 9 mln yevrolik qöşimça mablağ taqdim etgan edi.
Germaniyada mehnat migratsiyasi vakolatxonasi
Germaniyaning Paderborn şahrida SBH West ta’lim markazi va Kreishandwerkerschaft Paderborn-Lippe hunarmandlar uyuşmasi Özbekistondan malakali işçilarni jalb qiliş mavzusida davra suhbati taşkil etdi.
Migratsiya agentligi vakillari iştirokida bölib ötgan tadbirda Özbekistonda nemis tilini örganiş va kasb-hunarga öqitiş böyiça markazlarni taşkil etiş va Germaniyada mehnat migratsiyasi vakolatxonasi oçilişi haqida ma’lum qilindi.
Nemis tomoni Germaniyada kadrlar tanqisligi muammosini hal qiliş uçun özbekistonlik işçi kuçlarining katta salohiyatini qayd etdi. Davra suhbati doirasida avtobus haydovçilari, teplovoz maşinistlari, logistika mutaxassislari va boşqa sohalarda kadrlar tayyorlaş böyiça manfaatli hamkorlik muhokama qilindi.
Germaniya tomoni özbekistonlik yoşlar uçun elektronika va metall texnologiyalari böyiça öquv dasturlarini taklif qilib, ularni stajyor va malakali işçi sifatida jalb etişga qiziqiş bildirdi. 2025 yilda Germaniyaning boşqa federal yerlarida ham şunday tadbirlar ötkaziş rejalaştirildi.











