Suriyada noyabr oyi oxirida boşlangan uruşda temp biroz tuşgan bölsa-da, keskinlik kamaygani yöq. Hukumat kuçlari Rossiya havo kuçlari yordamida isyonçilar pozitsiyasiga zarba berayotganiga qaramay, boy berilgan şaharlarni qaytib olgani yöq. Bu orada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qönğiroq qildi.
Kreml axborotida telefon suhbati Turkiya tomoni taşabbusi bilan amalga oşirilganiga e’tibor qaratilgan. Putin Erdöğan bilan suhbatda ham Suriya hukumat kuçlariga hujum qilganlarni terrorçi guruhlar deb atagan va Suriyada vaziyatni barqarorlaştiriş uçun Anqaraning mintaqadagi imkoniyatlaridan foydalanişga çaqirgan.
Tomonlar vaziyatni barqarorlaştiriş uçun birgalikda harakat qiliş zarurligini ta’kidlagan. «Rossiya, Turkiya va Eronning birgalikda harakati Suriyadagi vaziyatni normallaştiriş uçun hal qiluvçi omil ekani ta’kidlandi», deyiladi Kreml xabarida. Ma’lumot uçun, 2019 yil aynan şu uç davlat iştirokida kelişuv imzolangan va köp ötmay Suriyada sulh tuzilgandi. Putin va Erdöğan Suriyadagi inqirozni deeskalatsiya qiliş uçun aloqada bölib turişga kelişgan.
Turkiya naşrlarida esa suhbat tafsilotlari töliqroq yoritildi. Unda aytilişiça, Erdöğan Turkiya Suriya hududiy yaxlitligini qöllaşini aytgan. Şuningdek, mintaqada diplomatik muloqot taşkil etilişi, unga Suriyani ham jalb etiş kerakligini qöşimça qilgan. Erdöğan uruş vaqtida tinç aholi jabrlanmasligi kerakligi, Anqara bu uçun hamma işni qilişini aytgan, şuningdek, Suriyadagi holatdan foydalanişga urinayotgan Kurdiston işçi partiyasini ham tanqid qilişga ulgurgan.
Nega bu suhbat muhim?
Erdöğan va Putin örtasidagi suhbat şunisi bilan muhimki, Anqara isyonçilar harakatidan manfaatdor degan gaplar borgan sari köpaymoqda. Çunki turklar Idlibda xavfsiz zona yaratiş istagi haqida ançadan beri gapirib keladi. Biroq isyonçilar ortida Turkiya turganining heç qanday isboti yöq. Erdöğan balki bunday şubhalarni bartaraf etiş uçun Suriya hududiy yaxlitligini qöllaşini aytgandir.
Putin esa tabiiyki Suriya hukumat kuçlarini qöllaydi, çunki u Asadning yaqin ittifoqçisi. Rossiya Anqaradan farqli bu mojaroga rasman aralaşib böldi. Ruslar Suriya hukumat kuçlariga qarşi uruşayotgan guruhlar pozitsiyasiga zarbalar berdi, Suriyaga qöşimça harbiy yordam yuborilişini aytdi.
Amalda Rossiya va Turkiya bu mojaroning ikki tomonida deyiş mumkin. Çunki Turkiya ançadan beri Asadni muzokara stoliga ötqizişga intilmoqda, Erdöğan bunga Putin bilan suhbat vaqtida ham işora qilgan.








