Eron hukumati inson huquqlari faoli, 2023 yilgi Nobel tinçlik mukofoti sovrindori Nargis Muhammadiyni tibbiy sabablarga köra vaqtinça qamoqdan ozod qildi. Uning jazosini keyingi ijrosi uç haftaga qoldirildi, deb yozdi Muhammadiyning advokati Mostafa Nili 4 dekabr, çorşanba kuni X ijtimoiy tarmoqda.
Advokatning ta’kidlaşiça, bunday qarorga mijozining ösimtani olib taşlaş böyiça operatsiyadan keyingi jismoniy holati sabab bölgan. Uning sözlariga köra, ösimta salbiy bölmagan, ammo 52 yoşli ayol har uç oyda bir marta tekşiruvdan ötişi kerak.
Muhammadiy tarafdorlari bu qarorni yetarli emas deb atadi
Muhammadiyning oilasi va tarafdorlari hukm ijrosi 21 kunga qoldirilişini yetarli emas deb atadi. «Biz Nargis Muhammadiyning zudlik bilan va sözsiz ozod etilişini yoki heç bölmaganda uning vaqtinçalik ozod etilişini uç oyga uzaytirilişini talab qilamiz», dedi ular.
Eron ayollar harakati yetakçilaridan biri Nargis Muhammadiy sönggi 25 yil içida majburiy hijob va ölim jazosiga qarşi kuraşgani uçun bir neça bor hibsga olingan va sudga tortilgan. U sönggi ön yilni ba’zi uzilişlar bilan qamoqda ötkazdi. Muhammadiy oxirgi marta 2021 yil noyabrida Tehronda qölga olingan edi. 2024 yil iyun oyida unga yana bir hukm çiqarildi — «davlatga qarşi taşviqot» uçun bir yillik qamoq jazosi berildi.
2023 yilda Nargis Muhammadiy ayollarga zulmga qarşi kuraşi hamda inson huquqlari va erkinliklarini tarğib qilgani uçun tinçlik böyiça Nobel mukofotiga sazovor böldi.








