Polşaning Sankt-Peterburgdagi Boş konsulligi 2025 yil 10 yanvar kuni yopiladi, deb xabar qildi Rossiya Taşqi işlar vazirligi 5 dekabr, payşanba kuni öz saytida. Taşqi işlar vazirligining aniqlik kiritişiça, bu qaror Polşa rasmiylari tomonidan noyabr oyi oxirida Rossiyaning Poznandagi boş konsulligi «öylab topilgan bahona bilan» yopilganiga javoban qabul qilingan.

Xabarda aytilişiça, Polşa tomoniga Rossiya Boş konsullik faoliyatiga bergan roziligini bekor qilayotgani haqida nota yuborilgan. Şuningdek, uning uç nafar diplomatik xodimi persona non grata deb e’lon qilingani va 10 yanvargaça Rossiya Federatsiyasi hududini tark etişi kerakligi xabar qilingan. Bundan taşqari, Moskva Varşavani «Rossiyaga nisbatan oçiq duşmanlik siyosati» olib borayotganlikda aybladi.

Polşa Rossiyaning Poznandagi konsulligini yopdi

Varşava 22 oktyabr kuni Rossiyaning Poznandagi konsulligini yopişini va uning xodimlari Polşa hududida persona non grata deb e’lon qilinganini bildirdi. Noyabr oyi oxirida Rossiya diplomatik missiyasi öz faoliyatini töxtatdi.

Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy bu çorani Rossiya tomonining diversion faoliyati bilan asosladi. Polşa prokuraturasiga köra, diversiya akti «Rossiya davlati tuzilmalari» tomonidan boşlanişi va ular tomonidan nazorat qilinişi kerak edi. Sikorskiyning sözlariga köra, u «bu harakatlar yagona emasligi va takrorlanişi mumkinligi» haqida ma’lumotga ega.