2024 yil boşlarida ijtimoiy tarmoqda va qator OAVda yoş bolani ayol şafqatsizlarça urayotgani, yana bir lavhada esa ana şu bolani ayol bilan erkak yerga kömayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. U Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yaşovçi A.G. ekani, 2016 yildan beri Rossiyaning Novosibirsk şahrida turmuş örtoği B.I. bilan yaşab kelişi aniqlangandi. Videotasvirdagi bola esa ularning 2019 yilda tuğilgan qizi R.X. bölgan.

Özbekiston bolalar ombudsmani Boş prokuraturaga kiritgan sörovi asosida Rossiya Tergov qömitasining Novosibirsk şahri tergov boşqarmasi tomonidan A.G.ga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksi 117-moddasi (qiynaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Mazkur jinoyat işi sud tomonidan körib çiqilib, A.G. 117-modda (qiynaş) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilandi.

Qiynoqlardan aziyat çekib kelgan 1,5 yaşar bola 2021 yil avgustida vafot etgan. Onasi tibbiy muassasaga xabar bermay, bolani özboşimçalik bilan kömgan.