Dominikana Respublikasi rasmiylari öz mamlakati tarixidagi eng yirik bölgan 9,5 tonnalik kokainli yukning qölga olingani haqida xabar berdi. Partiya narxi 250 million dollarga baholanmoqda.

Voz de America xabariga köra, giyohvand moddalar Santo-Domingo şahridagi Kausedo portida musodara qilingan.

Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy agentligi vakili Karlos Deversning tuşuntirişiça, kokain Gvatemaladan banan konteynerida kelgan va Belgiyaga yuborilişi kerak bölgan. Rasmiylar port xodimlaridan 10 kişining hibsga olinganini ma’lum qildi.

Dominikana Respublikasida ilgari topilgan eng katta kokainli yuk 2006 yilda 2,5 tonnani taşkil qilgan.

2024 yil yanvar oyidan beri Dominikana rasmiylari 46,7 tonna giyohvand moddalarni musodara qildi, 2023 yilda bu körsatkiç 25 tonnaga teng edi.

2024 yil sentabr oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden memorandumda Dominikana Respublikasini qit’adagi eng yirik giyohvand moddalar savdosi va işlab çiqaruvçi mamlakatlardan biri sifatida belgiladi.