Homsga yuriş qilayotgan isyonçilar, Rossiyaga qarşi sanksiyalar muhokamasi va Gurjistonga xalqaro bosim - kun dayjesti
|19:20 / 07.12.20246 1378 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Suriyadagi vaziyat
Suriya prezidenti Başar Asad rejimi Rossiyaning keng kölamli harbiy yordamisiz bu rejimga qarşi isyon kötarganlarning hujumlariga doş berolmasligi mumkin, deb xabar beradi CNN.
Chatham House tahlilçisi Nil Kuilyamning ta’kidlaşiça, Moskva isyonçilarning faol harakatlariga qaramay, faqat minimal darajada qöllab-quvvatlamoqda. Uning fikriça, Rossiya qurolli kuçlari Ukrainadagi uruş bilan band bölgani sababli Suriyada keng kölamli aralaşuv ehtimoli kam.
Bu orada Livanning «Hizbulloh» harakati özining elita bölinmalarini Suriyaning Homs şahrini himoya qiliş uçun safarbar qildi. Reuters xabariga köra, Homs viloyati Erondan Livanga qurol taşiş uçun strategik ahamiyatga ega.
Hozirda isyonçilar Xoms yaqinidagi asosiy transport yölaklarini uzişga harakat qilmoqda. AQŞ qöllovidagi Suriya demokratik kuçlari Dayr-ez-Zur va Abu-Kamalni egallab, Erondan qurol taşiş yölini muvaffaqiyatli tösib qöydi.
Dayr-az-Zur va Abu Kamol şaharlari 2017 yil noyabr oyida Suriya rejimi kuçlarining Rossiya aviatsiyasi va «Vagner» XHK kömagida ötkazgan yirik harbiy amaliyoti natijasida Başar Asad nazorati ostiga ötgan edi.
Janubdagi şaharlarda Asad armiyasining askarlari isyonçilar safiga ötişda davom etmoqda. Iordaniya bilan çegara punktlari ham isyonçilar qöliga ötgan. Isroil Jölan tepaliklarida öz iştirokini kuçaytirib, isyonçilar foydalanişi mumkin bölgan infratuzilma va kimyoviy qurol omborlarini bombardimon qilmoqda.
Deraa muxolifat nazoratiga ötdi
Suriyaning Iordaniya bilan çegarada joylaşgan Deraa şahrida muxolifat kuçlari Başar Asad rejimi qöşinlarini mağlubiyatga uçratib, şaharni egalladi. Ular janubiy viloyatdagi bir neça aholi punktlari va harbiy obektlarni ham qölga kiritdi.
Deraa — 2011 yildagi Suriya fuqarolik uruşida rejimga qarşi qözğolonlar boşlangan tarixiy ahamiyatga ega viloyat. U yerda öquvçilar tomonidan maktab devoriga «Ey, doktor, endi sening navbating», degan şior yozilişi bilan xalq qözğolonlari boşlangan edi. Bunda diplomi böyiça köz doktori bölgan Başar Asadga işora qilingan.
Mavzuga oid
Asad rejimiga qarşi isyon kötarganlarning hozirgi harakatlari strategik ahamiyatga ega bölgan yöllarni egallaşga qaratilgan. Ular Asad rejimiga qurol va yordam taşiş yöllarini kesib ötişga harakat qilmoqda.
Erdöğan Suriyadagi janglar haqida
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan isyonçi guruhlar, jumladan, «Hay’at Tahrir aş-Şom» boşçiligidagi koalitsiyaning Asad hukumatiga qarşi hujumini «muxolifat yurişi» deb atadi. Uning ta’kidlaşiça, isyonçilarning asosiy maqsadi — poytaxt Damaşqqa yetib boriş.
Erdöğan Suriya prezidenti Başar Asadga vaziyatni birgalikda hal etişni taklif qilganini, ammo ijobiy javob olmaganini ma’lum qildi.
«Biz Asadga murojaat qildik: «Keling, Suriya taqdirini birgalikda hal qilaylik», dedik. Lekin ijobiy javob olmadik», — degan Erdöğan.
27 noyabr kuni isyonçilar Suriyada Asad hukumati hududlariga keng kölamli yuriş boşladi. Uç kun içida Halab egallandi, 5 dekabr kuni esa Hama şahri qölga kiritildi. Bu mintaqa uçun sönggi tört yildagi birinçi yirik mojaro böldi.
Eslatib ötamiz, 2020 yilda Asad hukumati va isyonçi guruhlar Rossiya hamda Turkiya vositaçiligida otişmalarni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgan edi. Suriyada 2011 yildan beri davom etayotgan fuqarolik uruşida Rossiya Asadni, Turkiya esa muxolifatni qöllab-quvvatlab kelmoqda.
Ukraina tinçlikka tayyormi?
The Wall Street Journal ma’lumotiga köra, Kiyev tinçlik rejasi orqali barqaror tinçlikka erişişni közlamoqda. Ammo Ukraina prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak Vaşingtonga taşrifi davomida tinçlikning AQŞ va Ukraina manfaatlariga mos bölişi zarurligini ta’kidladi.
Yermak AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp jamoasi bilan uçraşdi. U milliy xavfsizlik maslahatçisi lavozimiga nomzod Mayk Uols, Rossiya va Ukraina böyiça maxsus elçi Kit Kellog va saylangan vitse-prezident Jyey Di Vens bilan muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvda tinçlikka oid uçta asosiy taklif muhokama qilingani qayd etilmoqda.
Ukraina NATOga qöşilişni asosiy maqsadlardan biri deb belgilagan, ammo NATOga a’zo 32 davlat orasida Kiyevni alyansga taklif qiliş böyiça yakdillik yöq. Tramp jamoasi ham yaqin kelajakda Ukrainaning NATOga a’zo böliş ehtimolini istisno qildi.
Şu bilan birga, Zelenskiy Ukrainaning NATOga qabul qilinişi bosib olingan hududlar qaytarilmagan holda amalga oşişi mumkin emasligini ta’kidlagan. Kiyevning fikriça, diplomatik yöl orqali hududlarni qaytariş hamon ustuvor maqsad bölib qolmoqda.
Rossiyaga qarşi sanksiyalar ta’siri
Ğarb sanksiyalari Rossiyaning harbiy qudratiga putur yetkazmoqda. «The Washington Post» naşrining yozişiça, sanksiyalar Moskva uçun muhim bölgan çiplar, datçiklar va maxsus elektronikalar kabi texnologiyalarga kirişni çeklamoqda, bu esa Rossiyaning qurol işlab çiqariş imkoniyatlarini sezilarli darajada zaiflaştirmoqda.
Sanksiyalar natijasida Rossiyada qurol-aslahalar sifati pasaygan. Xususan, yuqori texnologiyali detallar, masalan, tanklarga möljallangan molekulyar moylar va dronlar uçun kompyuterlaşgan uskunalar yetişmasligi kuzatilmoqda.
Eron dronlaridagi Janubiy Koreya dvigatellari Xitoynikiga almaştirilgani texnik muammolarga olib kelgan. Rossiya yöqotişlarni ommaviy işlab çiqariş bilan qoplaşga urinmoqda, ammo bu 2025 yilga kelib tanklarning tanqisligiga olib kelişi mumkin.
Ekspertlar fikriga köra, çeklovlar Rossiyaning harbiy sanoatida uzilişlarga sabab bölib, uruş jarayoniga ta’sir körsatişi mumkin.
Bu orada Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elçilari Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 15-paketini kelişa olmadi.
Sanksiyalar paketining qabul qilinişini ikkita davlat bloklagan, ammo ular qaysilar ekaniga aniqlik kiritilmagan. Yangi paket loyihasi Rossiya neftini taşuvçi tankerlarga qarşi sanksiyalarni ham öz içiga olgan.
Yevropa Ittifoqi AQŞga bosim ötkazib, Rossiyadan Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib beriş uçun tölovlarda muhim rol öynaydigan «Gazprombank»ka qarşi sanksiyalarni yumşatiş yöllarini topişni söramoqda.
Munozaralar Yevropaning ayrim hukumatlari va kompaniyalari «Gazprombank»ka qarşi sanksiyalar mintaqaga uzluksiz gaz yetkazib beriş uçun xavf tuğdirişi haqida ogohlantirganidan söng boşlagan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazi uçun tölovlar faqat «Gazprombank» orqali amalga oşirilişi haqidagi talabni bekor qilganidan beri munozaralar davom etmoqda.
Gurjistonga xalqaro bosim
Yevropa Ittifoqi Gurjiston bilan vizasiz rejimni bekor qilişi mumkin. Niderlandiya hukumati YeI rahbariyatiga Gurjiston bilan vizasiz rejimni töxtatiş taklifini kiritdi. Bu qaror Tbilisida norozilik namoyişlari kuç bilan tarqatilganidan keyin qabul qilingan.
Niderlandiya taşqi işlar vaziri Kaspar Veldkamp Gurjistonda namoyişçilar va jurnalistlarga qarşi zöravonlikni tanqid qilib, siyosatçilarning hibsga olinişi nomaqbul ekanini ta’kidladi. Uning yozişiça, Yevroittifoq «Gurjiston orzusi» partiyasining yuqori martabali amaldorlariga qarşi qöllangan sanksiyalarni qöllab-quvvatlaydi.
AQŞ Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ham Gurjiston hukumatini repressiya va zöravonliklarni töxtatişga çaqirib, demokratik jarayonlarga putur yetkazganlar javobgarlikka tortilişi mumkinligini ta’kidladi.
Şuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 dekabr kuni Gurjiston hukumatining 19 vakiliga qarşi sanksiyalar joriy etganini e’lon qildi.