BeTIS – BARSeLONA (7 dekabr, 20:15)
«Barselona» nihoyat uç öyindan iborat muvaffaqiyatsiz seriyasini töxtata oldi. Malorkadagi yirik ğalaba, şuningdek, «Real»ning mağlubiyati tufayli, Flik şogirdlari yana yöqotilgan oçkolar böyiça ham peşqadamga aylanib olişdi. Ayni damda kataloniyaliklar «Real»dan 4 oçko oldinda borişmoqda, lekin «Real»da bir öyin zaxira bor. Endi esa «Barselona»ni yana bir qiyin safar kutib turibdi.
Qiyinligi şundaki, «Betis» Ispaniya çempionati turnir jadvalida örtamiyona bölsa-da, aynan öz maydonidagi öyinlarda kuçli öyin namoyiş etişmoqda. Andalusiyada bölib ötgan 7 öyindan atigi bittasida mezbonlar mağlubiyatga uçragan xolos. Hatto «Atletiko» ham uşbu stadiondan oçko olib keta olmagani ham uşbu öyindan murosasiz bahs kutişga umid beradi. Şu bilan birga, «Barselona» sönggi yillarda «Betis» maydonida ança muvaffaqiyatli töp sura olayotganini ham ta’kidlaş lozim. «Betis» öz maydonida «Barselona» ustidan oxirgi marta 2011 yilda ğalaba qozona olgan ekan. Uşbu jamoalarning ötgan mavsumda keçgan sönggi öyini esa ança dramatik keçganini xotirlasangiz kerak. Avvaliga Isko uç daqiqada ikki gol urib, 0:2 hisobini 2:2 ga aylantira olgan, ammo hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda Feran Torres va Felişning gollari mehmonlarga uç oçko olib kelgandi. Umuman oxirgi olti özaro öyinda «Barselona» «Betis» ustidan ğalaba qozonib kelmoqda.
Jarohatlarga kelsak, «Betis»dan yöqotişlar köproq va asosan muhim futbolçilar safdan çiqqan. Fornals, Balerin, Kardoso va Roka kabi ismlarning barçasi asosiy tarkib futbolçilari ekanini e’tirof etiş kerak. Vilyam Karvalbyu esa eng yaxşi ehtimolda bahorda maydonga qaytadi. «Barselona» muammolari asosan himoya çiziğida. Arauxo hali tiklangani yöq, Kristiansen maşğulotlarga qaytgan bölsa-da, uşbu öyinda maydonga tuşişga tayyor bölmasligi mumkin.
JIRONA – ReAL (8 dekabrga ötar keçasi, 01:00)
Ötgan mavsumning barça musobaqalarida hammasi bölib atigi 2 marta mağlubiyatga uçragan «Real» sönggi ön bir öyinda beşta öyinda yutqazib ulgurdi. Nisbatan olganda yaqqol pasayişni kuzatişimiz mumkin. Albatta, fojyea emas, madridliklar La Ligada peşqadamga juda yaqin turibdi, Çempionlar Ligasidagi yöqotişlarning örnini töldiriş ham Ançelotti şogirdlarining öz qölida, ammo jamoa öyinidagi muvozanatni topiş, Mbappeni jamoa öyiniga tezroq integratsiya qiliş murabbiylar uçun hali ham muammoligiça qolmoqda va mavsumning muhim pallasi oldidan hal qilinişi lozim bölgan asosiy masalalar ham şu.
Tabiiyki, boşqa sabablar ham yöq emas. Xuddi ötgan mavsumdagidek ayniqsa, himoya çiziğida jarohatlar köpayib ketdi. Bilbaodagi öyinda himoyada Vaskes, Asensio, Ryudiger va Garsiya öynadi – şubhasiz, bu mavsum boşida rejalaştirilgan törtlik emas. Ötgan mavsumda goh Tçuameni, goh Kamavinga himoyadagi böşliqlarni töldirgan bölişsa, ayni paytda ular yarimhimoyani ham hal qilişlari kerak, zero Krossning ketişi u yerda ham oçiq vazifalar qoldirgan. Mbappening realizatsiyasidagi muammolar, fransuzga örnini berişga majbur bölgan Rodrigoning sport formasidagi pasayiş, Vinisiusning jarohati muammolarni hal qilib bölmas darajaga olib çiqmoqda. «Real» autsayderlarga qarşi öyinlarda klassdagi farq hisobiga çiroyli ğalabaga erişayotgan bölsa-da, töğri taşkil qilingan jamoalarga qarşi qiyinçilikka duç kelmoqda. «Milan»dan tortib, «Lill» böladimi, «Atletik»mi, ança dadil futbol körsatib, nafaqat hisobda, balki öyin tomonlama ham «Real»dan ustunlik qilişdi.








