Şavkat Mirziyoyev «Jazo muddatini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat’iy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga muvofiq Özbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan hamda Konstitutsiyaning 109-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat’iy ötgan jazo muddatini ötayotgan 483 nafar şaxs afv etildi.

Afv etilgan şaxslarning 107 nafari jazodan töliq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almaştiriladi. Şuningdek, 94 nafar şaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 25 nafarini çet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoşdan oşgan erkaklar, 274 nafarini yoşlar (şulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar taşkil etadi.

«Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi», — deyiladi xabarda.