Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 6 dekabr kuni Bolalar ombudsmaniga Samarqand viloyatida yaşovçi voyaga yetmagan 14 yoşli qiz F.U. telefon orqali murojaat qilgan.

Qiz murojaatida bir neça yil avval ota-onasi ajraşib ketganini, otasi bilan aloqa yöqligi, yaqin qarindoşlari – onasi va akasi bugungi kunda jinoiy ta’qib ostida bölib, ularga tergov vaqtida qamoq ehtiyot çorasi qöllangani sababli hozirda u mutlaqo yolğiz qolganini bildirgan.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan bolaning xavfsizligi va eng ustun manfaatlarini tezkor ta’minlaş zaruratidan kelib çiqib, darhol örganilgan.

Xususan, Ijtimoiy himoya agentligiga kiritilgan sörov asosida murakkab holatda bölgan qizning vaziyati tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar körsatiş markazi tomonidan zudlik bilan örganilib, qizga vaqtinça vasiy tayinlaş çorasi körilgan.

Qiz qarindoşlari qaramoğiga topşirilgan. Uning vaziyati vasiylik organi tomonidan nazorat qilinmoqda.

“Bolalar ombudsmani holat yuzasidan öz kuzatuvini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.