Ukraina Rossiya hududiga dronlar yordamida hujum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi 8 dekabrga ötar keçasi Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari beşta hududda 46 ta Ukraina dronlarini yöq qilgani haqida xabar berdi. «Belgorod oblasti hududida 17 ta, Kursk oblasti hududida 12 ta, Voronej oblastida 6 ta, Rostov oblastida 7 ta, Astraxan oblastida 4 ta UUA yöq qilindi», deyiladi hisobotda.

Voronej oblastida yonğin

Voronej oblasti gubernatori Aleksandr Gusevning sözlariga köra, dronlardan birining qulaşi natijasida sanoat obektida yonğin sodir bölgan. «Dastlabki ma’lumotlarga köra, qurbonlar yöq», — deb yozdi u özining Telegram-kanalida.

Rostov oblasti gubernatori vazifasini bajaruvçi Yuriy Slyusarning aytişiça, Novoşaxtinsk hududida ikkita dron yöq qilingan. Ulardan birining qulaşi tufayli dökonlarning oynalari singan. Belgorod oblasti rahbari Vyaçeslav Gladkovning sözlariga köra, Ukraina tomoni öqqa tutişi natijasida oltita xususiy uy, bitta köp qavatli uy, bir avtomobil va elektr tarmoğiga zarar yetgan.

Bir kun avval Ukraina harbiy-dengiz kuçlari Facebookʼdagi rasmiy bayonotida 2015 yilda Rossiya tomonidan qölga olingan Qrim qirğoqlari yaqinidagi gaz platformalariga dengiz uçuvçisiz uçoqlari bilan hujum uyuştirgani haqida ma’lum qilgan edi.

Zarba natijasida Rossiya qurolli kuçlari tomonidan kon platformalarida örnatilgan kuzatuv tizimlari işdan çiqqan.