Avstriya hukumati Şengen zonasini kengaytirişga qöygan vetosini bekor qildi — bu Bolgariya va Ruminiyaga Şengen bitimiga töliq qöşiliş imkonini beradi. Bu haqda Avstriya içki işlar vaziri Gerxard Karnerga tayanib, Kronen Zeitung naşri xabar berdi.

«Biz xalaqit bermaymiz. Ruminiya va Bolgariya uçun «havo Şengeni»dan keyin, «yerdagi Şengen» ham oçiladi», — deydi IIV rahbari.

Yevroittifoqga a’zo davlatlar içki işlar vazirlari 12 dekabr kuni Bryusselda ötkaziladigan uçraşuvda Ruminiya va Bolgariya uçun Şengen zonasini kengaytirişni ma’qullaşi kutilmoqda. YeI davlatlarining elçilari bu boradagi tegişli rezolyutsiyani tayyorlab qöygan.

Avstriya 2022 yilda noqonuniy migratsiya xavfi sabab Ruminiya va Bolgariyaning Şengen zonasiga töliq qöşilişini bloklab qöygandi.

Avstriya, Ruminiya va Bolgariya, şuningdek, YeI Kengaşiga rais sifatida Vengriya içki işlar vazirlari 6 dekabr kuni çegaralarni himoyalaş böyiça yangi çora-tadbirlar paketini kelişib olgandi. Bolgariya va Ruminiya bilan quruqlikdagi çegara nazorati 2025 yil 1 yanvardan bekor qilinişi mumkin.

Yevropa Ittifoqi 2023 yil dekabrda 2007 yildan beri YeI tarkibida bölgan Bolgariya va Ruminiyani Şengen zonasiga qabul qilişga qaror qilgandi. Yevropadagi jami 29 ta davlat Şengen zonasi tarkibi kiradi.

Yevropa böylab erkin harakatlaniş hududi – Şengen zonasi integratsiya borasidagi ulkan yutuqlardan biri hisoblanadi. Unga 1985 yilda YeIning beş davlati (Fransiya, Germaniya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg) tomonidan asos solingan. U asta-sekin kengayib, jahonda erkin harakatlanişning eng yirik hududiga aylangan.