Energetika vazirligi xabariga köra, buning uçun barça hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.
Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylaştirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oşiriş imkoniyati mavjudligi ma’lum qilinadi.
Iste’molçilarning avtobenzinga bölgan talabini töliq qondiriş masalasi davlat nazoratiga olingani aytilgan.
Ta’kidlanişiça, joriy kuz-qiş mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz ta’minlaş yuzasidan barça zaruriy çoralar körilgan.
Vazirlik xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravişda oşirmaslikni, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan töğri sotişni söragan.
Hozirgi vaqtda işçi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravişda oşirib yuborilişiga yöl qöyilmaydi, deyiladi ma’lumotda.
Bundan oldin Özbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga çeklovlar kiritilişi xabar berilgandi.








