“Tahrir aş-Şom” Isroilni duşman davlat sifatida körmasligi, Suriya nazoratida bölib kelgan Jölan tepaliklaridagi bufer zonani sönggi kunlarda Isroil bosib olganiga guruh tomonidan e’tiroz bölmagani – Asad rejimi ağdarilişidan eng asosiy manfaatdorlardan biri Isroil ekanidan darak beradi. Bu haqda siyosiy tahlilçilar Farhod Karimov va Fazliddin Madiyev “Geosiyosat” dasturida söz yuritdi.

Suhbat avvalida Farhod Karimov Suriyadagi joriy holat bir neça yil davomida sodir bölayotgan voqealarning mantiqiy davomi ekanini qayd etdi.

“Bu voqealarni, şuningdek, Isroil va Eron örtasidagi munosabatning bir körinişi sifatida izohlaş ham mumkin. Bu vaziyatda arablar, Turkiya, Isroil (qisman Ğarb koalitsiyasi) va Qatarning manfaatlari uyğunlaşdi. Suriya va Eronni kuçsizlantiriş uçun birdaniga katta uruş olib boriş mintaqani qiyin vaziyatda qoldirgan bölardi, şuning uçun bu iş ularni qismlarga ajratiş orqali bajarildi. Birinçi navbatda Hamas, keyin “Hizbulloh” kuçsizlantirildi, şu vaqt içida Islom qöriqçilar korpusining bir neçta generallari yöq qilindi”, – deydi u.

Karimovga köra, hozirda Eronga yangi va’dalar berilyapti: Eron u yerda öz kuçlarini yiğiştirib oladigan bölsa va mintaqadagi vaziyatga aralaşmaydigan bölsa, iqtisodiyotini jahon savdosiga integratsiya qiliş va sanksiyalarni yengillaştiriş kabi va’dalar berilmoqda.

“Şaharlarning tez taslim bölganiga asosiy sabab – Başar Asad Arab bahoridan keyin öz va’dalarini bajarmagani, iqtisodiy inqiroz, xalqning turmuş darajasi tuşib ketgani, jinoyatçilik va siyosiy tazyiq kuçaygani bilan boğliq. Bularning hammasi Başar Asadning boşqaruv qobiliyatini yöqotganidan darak berardi. Bu hududda Rossiya bazasi bor edi va bu muxolifatni tiyib turgan, lekin Rossiyaga Şarqiy Yevropa, Gruziya yoki Ukraina masalasida manfaatlar almaşinuvi taklif qilinganga öxşaydi, çunki Rossiya Suriyada juda katta narsa yöqotdi”, – deydi Farhod Karimov.

Uşbu voqealar fonida IŞID terrorçilik guruhi qayerda? Karimovning sözlariga köra, IŞID yoki “Al-Qoida” kabi kuçlar Asad hokimiyatini ağdarişga qaratilgan oxirgi ikki haftadagi janglarda iştirok etmadi. Çunki ularning Isroilga bölgan munosabati özgarmaydi, deya izohlaydi tahlilçi.

“Tahrir aş-Şom” esa Isroilni duşman sifatida körmasligini, şuningdek, kelajakda u bilan hamkorlikda iş körişi mumkinligini ma’lum qildi. Hatto “Hizbulloh”ga qarşi harakatlari uçun Isroilga minnatdorçilik ham bildirdi. Ularning oldidagi eng katta vazifa Suriyani saqlab qoliş edi, bunda Hamas va falastinliklar taqdiri ikkinçi darajali bölib qoldi va Ğazoni Isroilga topşiriş orqali ular Isroil qarşiligisiz Asad hokimiyatini ağdardi. Jöloniy aynan Suriyaning Jölan tepaligida tuğilib ösgani uçun ham bu nomni öziga taxallus sifatida olgan, şunday bölsa ham bu tepalikni şunçaki Isroilga taqdim etdi”, – deb hisoblaydi Farhod Karimov.

Siyosiy tahlilçi Fazliddin Madiyev ham Asad hokimiyatining barham topişi Isroil manfaatlariga mos keladi, deb hisoblaydi.

“Boşqaruvida sunniy musulmonlar bölgan davlatlar bilan Isroilning jiddiy muammosi yöq, lekin şia musulmonlari bilan kelişolmaydi. Şuning uçun Eronning Suriyadagi ta’siri kesişi – Isroilning ğalabasi. Şuningdek, Turkiya ham bundan manfaatdor. Hozirda Isroil Suriyadagi operatsiyalarni qöllab-quvvatlagani haqida eng köp bayonot berayotgan davlat bölib qolmoqda. Isroilning yordamisiz bu iş amalga oşmagan bölardi ehtimol, ya’ni ssenariyni Isroil tuzgan bölişi mumkin.

Bundan taşqari, Turkiya ham mazkur harakatlarni qöllab-quvvatlagani haqida bayonotlar bor. Bu şu vaqtgaça duşman bölib kelgan Turkiya va Isroil endi bir frontda ekanini anglatadimi? Bu yerda ittifoqçilik nazariyasi bor, bunda sizning bir mamlakat bilan boğliq manfaatlaringiz uçinçi tomon bilan qarama-qarşi bölişi mumkin, yana boşqa bir davlat borasida esa umumiy manfaat bölişi ham mumkin. Hozirgi vaziyat aynan şunday. Turkiya ham atrofida muammo bölişini istamaydi. U hozirda AQŞ bilan ham munosabatlarini va tinçlik muhitini yaxşi saqlamoqçi bölyapti.

Isroil va Jölan tepaligi masalasiga keladigan bölsak, Isroil Jölan tepaligidan qaytib çiqmasligi aniq, agar unga bu hudud kerak bölmaganida uruşni boşlamagan bölardi”, – deydi Madiyev.

Farhod Karimovning fikriça, “Ğazoda har bir qariç yer uçun ön minglab begunoh insonlar qurbon qilinayotgan bir paytda Jölan tepaligi kabi öta muhim strategik hudud Isroilga şunçaki tortiq qilindi”.

Ma’lumot uçun, Jölan tepaliklari 1967 yilgi Olti kunlik uruşda Isroil tomonidan bosib olingan. 1981 yilda Isroil uşbu hududni öz qonuniy hududi sifatida qöşib olganini e’lon qilgan, lekin bu xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan. BMT rezolyutsiyalariga köra, okkupatsiya qilingan Jölan tepaliklari Suriyaning suveren hududlari hisoblanadi.

2019 yilda, Donald Trampning birinçi prezidentlik davrida AQŞ Isroilning Jölan tepaliklari ustidan suverenitetini rasman tan olgan birinçi va hozirça oxirgi mamlakatga aylandi.