Toşkent şahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boşqarmasi xodimlari tomonidan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, içki işlar idorasiga fuqaro murojaat qilib, Nexia-3 rusumli transport vositasini Yakkasaroy tumani Huştepa köçasi 6-uy oldida qoldirgani, ammo olib ketgani kelganda maşinasi joyida yöqligini aytib, transport vositasini topişda amaliy yordam söragan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida uşbu avtomaşinani talon-toroj qiliş maqsadida Suhrob ismli şaxs öziga taniş bölgan Ilhom va boşqalar özaro til biriktirib, öğirlab ketgani aniqlangan. Transport vositasi esa Qöqon şahriga olib borilib, xonadonlarning biriga yaşirib qöyilgani ayon bölgan.

Bundan taşqari, jinoiy guruh a’zolarining Bektemir tumanidagi vaqtinça yaşaş manzili xolislar bilan közdan keçirilganda, boşqa transport vositalariga tegişli turli xildagi davlat raqam belgilari ham topilgan va ular daliliy aşyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-modda (transport vositasini olib qoçiş) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi oçilgan. Gumonlanuvçilarning barçasiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlangan.

«Hurmatli yurtdoşlar, agar siz ham mazkur şaxslardan jabr körgan bölsangiz Toşkent şahar IIBB yoki 97 751 77 72 raqami orqali murojaat qilişingizni söraymiz», — deyiladi xabarda.