Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov lavozimini tark etadi
Nurmurodovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida davlat rahbari tomonidan Senatga taqdimnoma kiritildi. 64 yoshli iqtisodchi 2017 yil iyunidan boshlab mamlakat pul-kredit siyosatiga rahbarlik qilib, bank-moliya sektori islohotlarida, xususan valutani erkinlashtirishda muhim o‘rin tutdi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatiga Nurmurodovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
64 yoshli iqtisodchi 2017 yildan boshlab mamlakat pul-kredit siyosatiga rahbarlik qilib, bank-moliya sektori islohotlarida muhim o‘rin tutdi.
Mamarizo Nurmurodov – O‘zbekiston Markaziy bankining ikkinchi raisi. Bunga qadar mamlakat moliyaviy tizimi regulyatoriga 1991–2017 yillarda Fayzulla Mullajonov rahbarlik qilgan.
Mullajonov 2017 yil may oyida uzoq kasallikdan so‘ng vafot etgan, o‘sha yil iyunida Mamarizo Nurmurodov Markaziy bank raisi etib tayinlangan edi.
Ushbu tayinlovdan biroz vaqt o‘tib, 2017 yil 5 sentabrdan e’tiboran O‘zbekistonda erkin valuta konvertatsiyasi ochilgandi.
Mamarizo Nurmuratov 1960 yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1977 yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirib, 1982 yili Leningrad iqtisodiyot-moliya institutini tamomlagan. 1982-1985 yillarda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutida o‘qituvchilik qilgan. 1985-1988 yillarda Moskva Moliya instituti aspiranturasida tahsil olgan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi.
U 1989-1993 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti va Moliya institutlarida dotsent bo‘lib ishlagan. 1993 yildan boshlab Markaziy bank tizimida faoliyat ko‘rsata boshlagan: Markaziy bankda Ilmiy tadqiqotlar markazi boshlig‘i, Boshqaruv raisining o‘rinbosari, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Nurmurodov 2000-2004 yillarda O‘zbekiston moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2004-2006 yillarda Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan. 2006-2017 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki raisining maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
2017 yilda MB rahbarligiga tayinlanishidan oldin Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Mamarizo Nurmurodovning ushbu lavozimdagi ilk 5 yillik vakolati 2022 yilda yakuniga yetgan va Senat uni lavozimga qayta tayinlagan edi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

17:09 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi

16:36 / 29.03.2025
Oxirgi 5 yilda korporativ tashqi qarz miqdori 2,4 barobarga oshgan – Markaziy bank hisoboti

19:51 / 24.03.2025