Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi galdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5177-sonli farmonni imzoladi.

Farmonga köra 2017 yilning 5 sentabridan boşlab:

Yuridik şaxslar joriy xalqaro operatsiyalar böyiça xorijiy valyutani tijorat banklaridan çeklanmagan miqdorda xarid qilişlari mumkin.

Jismoniy şaxslar ham tijorat banklarining konversion bölimlarida xorijiy valyutani erkin sotiş va xarid qilişlari mumkin. Bunda örnatilgan qoidaga köra, sotib olingan valyuta mablağlari xalqaro tölov kartalariga ötkazib beriladi va undan xorijda heç qanday çeklovlarsiz foydalaniş mumkin böladi.

Yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan, lekin xorijdan iste'mol tovarlari importi bilan şuğullanuvçi xususiy tadbirkorlarga valyutani jismoniy şaxslar uçun örnatilgan tartibda xarid qilişga ruxsat beriladi.

Mulkçilik şaklidan qat'i nazar, eksport bilan şuğullanuvçilarning xorijiy valyutadan tuşumini majburiy sotiş talabi esa bekor qilinadi.

Yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan xususiy tadbirkorlar, şuningdek, xorijiy valyutada daromadga ega bölgan fermer xöjaliklariga özlarining bankdagi hisobvarağidan naqd valyuta yeçib olişiga ruxsat beriladi.

Farmonga köra, respublika hududida quyidagi tartib örnatilmoqda:

— tovarlar (iş va xizmatlar) uçun xorijiy valyutada tölov qiliş taqiqlanadi, xalqaro amaliyotga mos ravişda xalqaro tölov kartalari bilan amalga oşiriladigan tölovlar bundan mustasno;

— tovarlar, iş va xizmat uçun narxlar va tariflar, şuningdek, jamiyatlarning nizom jamğarmasiga minimal talablar faqat milliy valyutada körsatiladi;

— davlat bojlari, yiğim va boşqa majburiy tölovlar faqat milliy valyutada amalga oşiriladi, konsullik yiğimlari bundan mustasno.

Prezidentning yangi farmoni katta şov-şuv keltirib çiqardi va ijtimoiy tarmoqlarda odamlar bir qator savollarni örtaga taşlaşmoqda. Qonun tilida ayrimlarga tuşunarsiz köringan jumlalarga oydinlik kiritiş va fuqarolar tomonidan örtaga taşlanayotgan savollarga javob oliş maqsadida KUN.UZ jurnalisti moliyaviy ekspert Aleksandr Davletovga murojaat qildi.