«Özbekiston temiryöllari» AJ tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qişki ta’til mobaynida mahalliy yönalişdagi qatnovlar uçun çegirmalar e’lon qilindi.

Qayd etilişiça, barça mahalliy yönalişdagi yölovçi poyezdlari temiryöl hujjatining töliq qiymatidan 50 foiz çegirma (CV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvçi «Afrosiyob» elektropoyezdlaridan taşqari) 2024 yil 23 dekabrdan 2025 yil 10 yanvarga qadar amal qiladi.

Çiptalarni sotib oliş uçun talabalar pasport bilan temiryöl kassalariga taşrif buyurişi yoki elektron tarzda çipta xarid qilişda eticket.railway.uz saytidan foydalanişlari mumkin.

Avvalroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi talabalar uçun çiptalarga çegirma e’lon qilgandi. Örta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari barça mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviaçiptalari tariflari uçun 50 foizgaça çegirmadan foydalanişi mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli buyruği bilan oliy ta’lim taşkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar öquvçilariga 2024/25 öquv yili uçun beriladigan qişki ta’til 2024 yilning 25 dekabridan boşlanadi va 2025 yilning 7 yanvariga qadar (şu kuni ham) davom etadi.