Rossiya Yevropa Ittifoqi va AQŞdan sanksiyalarni çetlab ötib, sobiq SSSR davlatlari orqali snayper miltiqlari va öq-dorilarini olişda davom etmoqda. Bu xulosa 11 dekabr, çorşanba kuni The Insider (Rossiya), Investigace (Çexiya), IrpiMedia (Italiya) va "Vlast" (Qozoğiston) tomonidan çop etilgan qöşma suriştiruvda keltirilgan.
Jurnalistlar egallab olingan Qrimdagi rossiyalik snayperlar arsenalidan Desert Tech SRS (AQŞ), Accuracy International AXSR (Buyuk Britaniya) va Steyr Mannlicher SSG (Avstriya) kabi miltiqlarni topdi. Snayperlar musobaqalarining oçiq ma’lumotlariga köra, ularning aksariyati Ğarb miltiqlari va patronlarini afzal köradi. Mahalliy analoglar öq otiş masofasi past va ularni işlab çiqariş armiya ehtiyojlarini qondirolmaydi, deb yozadi The Insider.
Miltiqlar eksporti sezilarli darajada oşdi
Suriştiruv davomida ma’lum bölişiça, Ğarb qurollari Rossiya Federatsiyasiga possovet davlatlari orqali kirib keladi. Xalqaro statistik ma’lumotlarga köra, Yevropa Ittifoqi, Turkiya va AQŞdan Armaniston, Gurjiston, Qozoğiston va Qirğizistonga miltiqlar eksporti 2020 yildan 2023 yilgaça 2,7 barobarga oşib, 53 211 donani taşkil qildi.
Misol uçun, Italiyadan Armanistonga miltiq eksporti 2019 yildagi 68 ta quroldan 2023 yilda 1862 tagaça oşgan. Qirğiziston 2020 va 2021 yillarda Italiyadan umuman qurol sotib olmagan. 2022 yilda yetkazib beriş 882 tani, 2023 yilda esa 4434 donani taşkil etdi.
Bloomberg AQŞdan RFga mikroçiplarni yetkaziş sxemasi haqida ma’lum qildi
Rossiya harbiylari AQŞdan qurol yasaşda işlatiladigan çiplarni sotib olişning «ajablanarli darajada oddiy» usulini topdi, deb topdi Bloomberg. 9 dekabr kuni çop etilgan suriştiruvga köra, buning uçun Rossiya Federatsiyasidagi distribyutorlar Texas Instrumens (TI) Amerika işlab çiqaruvçisi onlayn-katalogini klonlaşdi.
Rossiya distribyutorlari rasmiy TI onlayn-dökonidagi ma’lumotlarni öz veb-saytlariga integratsiyalaşgan, bu esa mahsulotning oxirgi xaridorini tasdiqlaşni talab qilmaydi. Bloomberg naşri yozişiça, «ötkaziş» saytlari orqali Rossiya Federatsiyasi kompaniyalari markazlaştirilmagan tartibda çiplarga «bir neça marta bosiş orqali» buyurtma berişadi va ularni uçinçi mamlakatlar orqali kiçik partiyalarda olişadi. Buyurtmalarning kelib çiqişi Amerika kompaniyasidan yaşirin bölib çiqadi.
Jurnalistlarning hisob-kitoblariga köra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida uşbu sxema böyiça 6 million dollarlik yarimötkazgiç mahsulotlari xarid qilingan bölib, şundan 4 million dollari aynan harbiy-sanoat kompleksi ehtiyojlariga yönaltirilgan. Yetkazib beriş va tölaş uçinçi davlatlar orqali amalga oşirildi va çiplar Rossiyaga Sea Global SCM yuk kompaniyasi hamda «Aeroflot» tomonidan yetkazilgan. Bu nisbatan oddiy çiplar Rossiyaning qurol işlab çiqariş qobiliyatida markaziy rol öynaydi, deya qayd etadi agentlik.












