Jinoyat işlari böyiça Yangiyöl tuman sudi sudyasi Uluğbek Ibragimov YTH bilan boğliq bir-biriga öxşaş ikki işda turliça hukm çiqardi. Sudya ikki bolaning ölimiga sababçi bölgan haydovçiga axloq tuzatiş işlari, bir kişining ölimiga sababçi bölgan haydovçiga esa ozodlikdan mahrum qiliş jazo tayinlagan.

Birinçi holat

2024 yil 11 noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Yangiyöl tuman sudida YTH sodir qilgan haydovçiga sud hukmi öqildi.

Sud hujjatida keltirilişiça, 1993 yilda tuğilgan sudlanuvçi Rustamjon Mirzaxatamov oliy ma’lumotli bölib, “One Cargo” MÇJda dispetçer lavozimida işlagan.

U 2024 yil 21 iyun kuni soat 20:30 larda M-34 “Toşkent-Duşanbe” yölining Yangiyöl tumani Jambul mahallasi hududida ötgan qismida Cobalt maşinasini boşqarib ketayotib, boşqaruvni yöqotgan hamda yölning marza qismida turgan 5 nafar voyaga yetmagan yigit-qizlarni urib yuborgan. YTH oqibatida 18 yoşli O.Z. va 17 yoşli A.Z. Yangiyöl şahar markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimida vafot etgan. Qolganlar esa oğir tan jarohati olgan.

Hukmda Rustamjon Mirzaxatamov YTH sodir etişda “Yöl-harakati qoidalari”ning 5 ta bandini qöpol ravişda buzgani, jumladan, tezlik çeklovlariga amal qilmagani qayd etilgan.

Rustamjon Mirzaxatamov sudda öz aybiga iqrorlik bildirgan hamda yöl-harakati qoidalariga rioya qilmaganini tan olgan. U jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni töliq qoplab berganini, bölib ötgan holatdan çin köngildan puşaymondaligini aytib, suddan öziga nisbatan yengillik berişni söragan.

Sudda jabrlanuvçilarning qonuniy vakillari, jumladan, vafot etgan ikki bolaning yaqinlari sudlanuvçi ulardan uzr söraganini, yetkazilgan zararni qoplab berganini ma’lum qilgan va unga nisbatan da’volari yöqligini aytgan.

Sud hukmi bilan Rustamjon Mirzaxatamov Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odamlar ölimiga sabab bölişi, 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan) sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, 3 yil transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş, har oylik iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.