Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi
Argentinalik hujumchining transfer bahosi 5 million yevroga pasaytirilgan — 25 mln yevrodan 20 mln yevroga tushdi. Lionel endi MLSning eng qimmat futbolchisi nomini Riki Puch bilan bo‘lishadi. Rikining qiymati esa aksincha 5 mln yevroga oshgan.
«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning qiymati esa 3 million yevroga kamaytirildi va endi 12 mln yevroni tashkil etadi (avval 15 mln yevro edi). Portugaliyalik 39 yoshli yulduz Saudiya Pro ligasidagi eng qimmat futbolchilarning birinchi o‘ntaligiga kirolmadi.
Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Ittihod» futbolchisi Diabi 35 mln yevro narx bilan eng qimmatbaho o‘yinchi bo‘lib turibdi.
Qayd etish joiz, Messi va Ronalduning transfer qiymatining tushishi ularning yoshi bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanovning transfer bahosi 12 mln yevroga ko‘tarildi va u O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylandi. Shu tariqa, Husanov transfer narxi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi.
Mavzuga oid
23:27 / 22.03.2026
Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
11:47 / 15.02.2026
Ronaldu boykotni to‘xtatdi va maydonga qaytdi
23:47 / 07.02.2026
Ronaldu norozi: Saudiya futbolida «Dallas»cha mojaro
23:09 / 06.02.2026