Naşrga köra, bu yil eng yaxşi iqtisodiy körsatkiçlarga erişgan mamlakat – Ispaniya. Qirollik sanoati barqaror ösyapti, immigratsiyaning ösişi iqtisodiy faollikni oşirmoqda. Yil yakuni böyiça YaIM ösişi 3,1 foiz bölişi kutilmoqda.
Ispaniyadan keyingi örinlarni Irlandiya, Daniya, Gretsiya va Italiya egalladi. Bu mamlakatlar yaqin ötmişdagi iqtisodiy qiyinçiliklarni yengib, barqaror rivojlanişni namoyiş qilmoqda. Masalan, Gretsiyada işsizlik darajasi 10 yillikdagi eng past körsatkiçga tuşdi.
Boşqa tomondan, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi katta iqtisodiyotlar yuqori energiya narxlari va sanoatdagi sekin ösişdan aziyat çekdi. Yevropa mamlakatlaridan Latviya va Estoniyaning bu yilgi iqtisodiy körsatkiçlari qoniqarsiz böldi.
The Economist'ning qayd etişiça, AQŞ fond bozori inflatsiyani çegirib taşlaganda 24 foizlik daromad körsatgani katta e’tiborga loyiq. Finlandiyada esa, aksinça, fond bozori uçun omadsiz yil böldi.
Inflatsiya darajasi böyiça Fransiya va Şveytsariyaning muvaffaqiyatini alohida e’tirof etiş mumkin: bu mamlakatlarda yil davomida narx-navo ösişi 2 foizdan oşgani yöq.
Fiskal intizom böyiça Daniya va Irlandiya budjet profitsitiga erişgan bölsa, Britaniya va Yaponiya hukumat xarajatlarining ortişi sababli köproq qarz olişga majbur böldi.







