Rasmiy marosimdan söng bölib ötgan suhbat çoğida Özbekiston va Şvetsiya örtasida turli yönalişlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uçraşuv davomida ikki mamlakat örtasida özaro savdo hajmini oşiriş, iqtisodiyot tarmoqlari va işbilarmonlar örtasida muloqotni rağbatlantiriş, iqlim özgarişlariga moslaşiş va "yaşil" iqtisodiyot, fan va ta’lim, soğliqni saqlaş va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş masalalari alohida urğulandi.
Elçi Rahmatulla Nurimbetov 15 oktyabr kuni Şvetsiya poytaxtiga taşrif buyurgan edi.
U Stokholmga tayinlanişidan avval 2023-2024 yillarda Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari lavozimida işlagan. Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024 yillarda Özbekistonning Şvetsiyadagi elçixonasiga rahbarlik qilgan Nodir Ğaniyev örniga tayinlangan.









