Prezident raisligida mahallalarda kambağallikni qisqartiriş böyiça qilingan işlar sarhisobi va 2025 yil uçun ustuvor vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Aniqlangan imkoniyatlarni natijaga aylantiriş uçun banklar mustahkam moliyaviy resursga ega bölişi kerakligi ta’kidlandi.
Davlat mablağlari qatorida taşqi manbalardan ham resurs jalb qiliş zarurligi qayd etildi.
Buning uçun har bir bankda çet eldan mablağ olib keladigan işçi guruh tuziş, xorijiy banklar bilan tizimli işlab, çet elda roud-şoular ötkaziş, yevrobond çiqariş, bank reytingini yaxşilaş va xalqaro standartlarga moslaşiş dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Oxirgi 5 yilda kiçik va örta biznesning kredit portfelidagi uluşi 40 foizdan 28 foizgaça pasaygani körsatib ötildi. Bunday kreditlar uluşini 40 foizga yoki 120 trillion sömga yetkaziş çoralarini köriş zarurligi ta’kidlandi.
Umuman, yirik loyihalarni kiçik biznes hisobidan moliyalaştiriş amaliyotiga çek qöyiş vaqti kelgani qayd etildi.








