Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida kelin-kuyov noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi turmush qurganlar nikoh to‘yining ertasiga is gazidan vafot etgani haqida ma’lumot tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, birga yashagan juftlik noma’lum moddadan zaharlanib vafot etgan.

Foto: Kun.uz / Nuriddin Nursaidov
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Piskent tumanida yangi turmush qurganlar to‘yining ertasiga is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, 15 dekabr kuni Piskent tumanidagi Birlik mahallasida birga yashagan 1995 yilda tug‘ilgan erkak va 1997 yilda tug‘ilgan ayol vafot etgan.
Tergovga qadar tekshiruv doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Uning dastlabki xulosasiga ko‘ra, o‘limga noma’lum modda bilan zaharlanish, ichki organlarning venoz to‘laqonligi, shuningdek, miya va o‘pka shishishi sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Piskent tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

20:17 / 02.07.2025
Piskentdagi avtopoligondan navbatsiz sertifikat olingani tasdiqlandi

16:35 / 23.05.2025
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?

12:43 / 24.04.2025
Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi mehmonxonada zaharlanishi bo‘yicha tergov yakunlandi

09:38 / 16.04.2025