Qöştepa tumanida Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarda qatnaşgan yigit jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 2002 yil Qöştepa tumanida tuğilgan A.X 2022 yil 30 noyabr kuni öqiş maqsadida Rossiya Federatsiyasining Moskva şahriga borgan. Xususiy oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil olib yurgan A.X. moddiy manfaatdorlik evaziga Rossiya armiyasiga yollangan. U 2023 yilning 23 avgust kuni Ukrainaga qarşi jangovar harakatlarda qatnaşiş uçun oyiga 350-400 ming rubl haq evaziga Rossiya Qurolli kuçlari bilan bir yil muddatga şartnoma tuzgan. Söngra A.X. 2023 yil 13 oktyabr kunidan 2024 yil fevral oyiga qadar 4 oy davomida Luhansk va Donetsskdagi jangovar harakatlarda iştirok etgan.
A.X. sudda aybiga töliq qiror bölgan.
“2021 yilning sentabr oyi oxirlarida Moskva şahridagi xususiy oliy ta’lim muassasasiga öqişga kirdim. Öqiş davomida mavsumiy işlar bilan ham şuğullanib keldim. 2023 yil taxminan yoz oylarida politsiya yaşaş hujjatlarim yöqligi sababli uşlab, Moskva şahridagi politsiya boşqarmasiga olib bordi. U yerda hujjatlarim yöqligini, Rossiyadan deport qilinişimni, jinoyat işi qözğatilişini yoki armiya safiga qöşilsam Rossiya fuqaroligi berilişini taklif qilişdi. Öz ixtiyorim bilan rozi böldim.
Politsiya xodimlari menga çaqiruv qoğozi berişdi. 2023 yil 17 avgust kuni çaqiruv qoğozi bilan Moskva şahridagi “Yabloçko” çaqiruv punktiga borib, Rossiya Qurolli kuçlari tarkibida Ukrainaga qarşi jangovar harakatlarda qatnaşiş uçun bir yillik şartnoma tuzdim. Çaqiruv punktida körikdan ötib, Moskva viloyatidagi vaqtinçalik saqlaş lageriga yuborildim. Şartnoma böyiça oylik iş haqim 195 000 rubl atrofida bölgan.
Keyin Samara viloyati Tolyatti şahridagi harbiy qismga yuborildim. Harbiy qismda menga Rossiya Qurolli kuçlari harbiy guvohnomasi berildi. U yerda bir yarim oy harbiy tayyorgarlikdan ötganimdan söng, boşqa şaxslar bilan birga, 2023 yil 10 oktyabr kuni Rossiya-Ukraina çegarasi yaqinidagi lagerga joylaştirildik. 2023 yil 13 oktyabr kuni men va boşqa şaxslarni Luhansk şahridagi jangovar harakatlarda iştirok etiş uçun olib borişdi. U yerda tört oy davomida harbiy harakatlarda iştirok etib, 2024 yil 10 fevral kuni Donetsk viloyatiga bordik. Harbiy harakatlarda olgan tan jarohatlari sababli 2024 yilning 26 fevral kuniga qadar Donetsk şahridagi gospitalda davolandim”, deya körsatma bergan sudlanuvçi.
Şundan söng A.X. Tolyatti şahridagi harbiy qismga borgan. Harbiy harakatlarda qatnaşganligi uçun berilgan mablağga maşina va Tolyatti şahridan ipoteka krediti asosida kvartira sotib olgan. Şuningdek, unga medal va Rossiya fuqaroligi berilgan.









