Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Turkiya kurd guruhlarida körayotgan tahdidni bartaraf etiş uçun Anqara Suriya şimolidagi vaziyatga töğridan-töğri aralaşişi mumkinligini aytdi. Bu haqda Times of Israel prezidentning bir guruh jurnalistlar oldidagi nutqi yozuviga tayanib xabar berdi.
«Biz Suriyada faoliyat yuritayotgan terrorçi taşkilotlarini zararsizlantiriş vaqti kelganini körsatamiz. Buni çegaralarimiz janubidan kelayotgan tahdidlarning oldini oliş uçun qilamiz. Terrorçi taşkilotlar uçun yölning oxiri yaqin. Mintaqaning kelajagida terrorçilarga joy yöq. Terror taşkiloti KIP va uning bölinmalarining amal qiliş muddati tugadi», dedi Erdöğan.
Uning sözlariga köra, Suriya bilan çegarada xavfsizlikni ta’minlaş Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) tomonidan yangi jangçilar yollanişining oldini olişga ham yordam beradi.
KIP Turkiya, AQŞ va Yevropa Ittifoqida terrorçi taşkilot sifatida tan olingan.
8 dekabr kuni prezident Başar Asad Suriyani tark etdi va hokimiyat qurolli muxolifat qöliga ötdi.









