OpenAI kompaniyasi foydalanuvçilarga ChatGPT bilan telefon orqali muloqot qiliş imkonini beradigan yangi funksiyani taqdim etdi. 

Kompaniya saytida keltirilgan ma’lumotlarga köra, endi AQŞ yoki Kanadada istiqomat qiluvçi istalgan inson 1-800-242-84-78 raqamiga qönğiroq qilib, ovozli rejimda çatbot bilan muloqot qilişi mumkin. Ta’kidlanişiça, hatto çatbotga WhatsApp orqali xabar ham yöllaş mumkin.

Sun’iy intellekt boti bilan oyiga 15 daqiqa bepul gaplaşiş mumkin, messenjer orqali yozişmalarga ham çeklov örnatilgan. Şundan söng foydalanuvçilarga ChatGPT ilovasini yuklab oliş yoki chatgpt.com orqali röyxatdan ötiş taklif qilinadi. Telefon orqali bepul muloqot uçun atrof tinç bölişi lozim, çunki har qanday şovqinni u körsatma sifatida qabul qiladi. Sun’iy intellekt suhbatdoşni messenjerdagi çat guruhga qöşib bölmaydi.

Avvalroq ChatGPT tufayli dunyoda energiyaga bölgan talab oşgani ma’lum qilingandi. Qayd etilişiça, ChatGPT orqali qidiruv Google orqali qidiruvdan 10 barobar köp energiyani talab qiladi.

ChatGPT 2022 yil noyabrda işga tuşirilganidan beri haftasiga 250 million faol foydalanuvçini öziga jalb qildi. 2021 yilda OpenAI qiymati 14 milliard dollardan 157 milliard dollarga çiqib ketdi, daromadi esa noldan 3,6 milliard dollarga yetdi.