AQŞning saylangan prezidenti Panama kanalidagi tranzit tölovini tuşirişni talab etib, Xitoyning bu suv yölida ekanidan noroziligini bildirdi. U şartnoma şartlariga amal qilinmasa, Amerika qurgan bu kanalni qaytarib oliş bilan tahdid qildi. Panama prezidenti esa bu davlat suvereniteti bilan boğliq masala ekanini eslatdi.
“Welcome to the united states Canal” – AQŞ kanaliga xuş xuş kelibsiz”. 22 dekabr kuni AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi öz sahifalarida şu postni qoldirdi. Siyosatçi bu bilan Panama kanalini AQŞga qaytarişi mumkinligidan ogohlantirgan. Bloomberg xabariga köra, saylangan prezident Panamadan Amerika harbiy va savdo kemalarining Panama kanali orqali ötişi uçun tranzit tölovlarini pasaytirişni talab qildi. Aks holda u kanalni AQŞga qaytariş bilan tahdid qilmoqda. Aslida uşbu kanalni Qöşma Ştatlar qurgan, uning uzunligi 51 milya yoki 82 kilometr va kanalni quriş işlari 1914 yilda yakunlangan.
Sobiq prezident Jimmi Karter imzolagan şartnomaga muvofiq, 1999 yilga kelibgina bu kanal Panamaga berilgan. Ayni şu qarorni Tramp ahmoqona deb atayapti. Uning ta’kidlaşiça, Panama kanali AQŞ uçun hayotiy ahamiyatga ega, u davlat iqtisodiyoti va milliy xavfsizligiga bevosita ta’sir qiladi. Tramp ayni davrda Xitoyning ham Panama kanalidan foydalanayotganidan norozi ekanini bildirgan. Bu kanalni topşiriş böyiça bitim şartlariga zid ekanini qöşimça qilgan.
“U kimningdir manfaati uçun emas, balki biz va Panama bilan hamkorlik belgisi sifatida topşirilgan. Agar uşbu xayr-ehsonning ham axloqiy, ham huquqiy tamoyillariga rioya qilinmasa, biz Panama kanalining savol-javobsiz töliq qaytarilişini talab qilamiz” – Donald Tramp
Prezident Jimmi Karter rahbarligi davrida bu kanal bir dollar evaziga berib yuborilganida uni faqat Panamaning özi boşqarişi kerak edi, Xitoy yoki boşqa davlat emas, deya qöşimça qilgan Tramp.
Aytib ötiş kerakki, rostdan ham AQŞ kanalning eng yirik foydalanuvçisi bölib, har yili tranzit yuklarining qariyb 4 dan bir qismi şu kanaldan ötadi. Tranzit oqimining 70 foizdan ortiği AQŞ portlariga yoki ulardan yönaltiriladi.
Trampning kanalni qaytarib oliş bilan qilgan tahdidiga Panama prezidenti Xose Raul Mulino javob qaytardi. Prezidentning sözlariga köra, kanal Panamaga tegişli va mamlakat tarixining bölagi hisoblanadi. Davlat mustaqilligi va suvereniteti muzokara mavzusi bölişi mumkin emas, deydi Panama rahbari.






