«Mançester Siti» inqirozda ekani, Pep Gvardiola hozirça heç narsa topa olmayotgani börttirilmagan. Jamoa hali ham jadvalning yuqori qismida ketayotgani aldab qöymasligi uçun ba’zi raqamlarni keltiriş mumkin:

  • «Mançester Siti» oxirgi 12 öyinda atigi bir marta ğalaba qozondi;
  • «Mançester Siti» oxirgi 12 öyinning 9 tasida mağlubiyatga uçradi. Undan avvalgi 106 öyinda jamoa kamroq yutqazgandi;
  • Oxirgi 12 öyinning 11 tasida «Mançester Siti» darvozasiga kamida ikki gol urildi.

«Mançester Siti» mana şu davr mobaynida turli ssenariylarga tuşib qoldi – yirik hisobda oldinda ham bordi, tezkor gol urdi, tezkor gol qöyib ham yubordi, safarda, öz maydonida, turli uslubdagi jamoalarga, turli saviyadagi hujumçilarga qarşi öynadi, ikkinçi raqamda harakat qildi, taşabbusga erişdi lekin baribir, bu sinovlarning barçasidan jamoa öta olmadi. Barçasi oqibatda muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Mana şu omilning özi çindan ham jamoada katta inqiroz borligidan dalolat beradi.

Tabiiyki, gap sönggi yillardagi Yevropaning eng kuçli jamoalaridan biri haqida borar ekan, bu qadar tubga tuşişda faqat bir yoki ikkita sabab bölişi mumkin emas. Rodri kim bölişidan qat’i nazar, uning borligi balki qaysidir öyinlarda yordam berardi, ammo vaziyatga çuqurroq razm solganimizda, baribir bu muvaffaqiyatsiz davr muqarrar bölganini köriş mumkin.

Quyida har bir omil alohida körib çiqiladi, aynan qaysi jihatlarning ta’siri kattaroq ekanini esa öquvçiga havola.

Mavsumoldi tayyorgarlik köngildagidek bölmadi

«Mavsumoldi tayyorgarlik rasman endi tugadi. Terma jamoalar yiğinidan söng haqiqiy mavsum boşlanadi», – degandi Pep Gvardiola uçinçi turdan söng. U paytda jamoa ötgan uç öyinning barçasida işonçli ğalabaga erişgan, göyoki navbatdagi çempionlik uçun heç kim xalaqit bera olmaydigandek tuyulayotgandi.

Ammo biroz ortga qaytsak, Gvardiola yozgi yiğinlardan köngli tölmaganini seziş mumkin. Yevropa çempionatida «Mançester Siti»dan juda köp futbolçilar qatnaşdi va sönggi bosqiçlargaça yetib bordi. Şu tufayli aksariyat futbolçilar mavsum boşlanişiga yaqin qolganda tarkibga qöşildi, ba’zi futbolçilarga Pep belgilanganidan köproq ham ta’til berdi. Angliya Superkubogi finalini misol keltiriş mumkin, öşanda raqib jamoa bölmiş «MYu» deyarli butun tarkibini yiğib bölgan va asosiy futbolçilardan foydalangan bölsa, «Siti» asosan yoşlardan iborat tarkibni tuşirgandi.

Mavsumga tayyorgarlik davrida nafaqat «MYu», Angliyaning boşqa yetakçi jamoalari «Liverpul» yoki «Arsenal»dan ham ortda qolinişini çempionatdagi dastlabki öyinlar bilan qoplab ketiş mumkin edi, ammo baribir yozda tölaqonli şuğullanişning örni boşqa. Yangi uslublar, boğlamlarni şakllantiriş, yangi futbolçilarni tarkibga integratsiya qilişda çempionat öyinlari kerakli effektni bermaydi. Jamoa eski baza bilan ilk turlarni kötarinki ruhda ötkazib, hammasi joyidadek taassurot qoldirsa-da, jarohatlar boşlanganda, muammolar ham yuzaga çiqadi. Kerakli mavsumoldi yiğinlarisiz göyo bu ötgan mavsumning davomidek tuyula boşlaydi, ruhan çarçatadi.