Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga reysni amalga oşirgan Embraer 190 rusumli yölovçi samolyoti 25 dekabr tongida Qozoğiston ğarbidagi Oqtov şahri yaqinida aviahalokatga uçradi. Qulagan samolyot bortida 62 yölovçi va ekipajning beş nafar a’zosi bölgan, deb xabar qilgan Qozoğiston FVV. Avvaliga «Kazinform» agentligi samolyotda 105 yölovçi va ekipajning beş a’zosi uçganini xabar qilgandi, ammo keyinroq xabariga tuzatiş kiritdi. AZAL telegram-kanalida 62 yölovçi va ekipajning beş a’zosi röyxati e’lon qilingan.

Samolyotda tört mamlakat fuqarolari parvoz qilgan. Qozoğiston transport vazirligiga köra, bortda Ozarboyjonning 37, Rossiyaning 16, Qozoğistonning olti fuqarosi, şuningdek uç nafar qirğizistonlik bölgan. Shot telegram-kanali bortda bölgan Rossiya fuqarolari röyxatini e’lon qilgan, unda 15 rossiyalik bor, jumladan, 2011 va 2013 yillarda tuğilgan bolalar.

Samolyot halokati oqibatida 38 kişi halok böldi, deb xabar berdi Qozoğiston boş vaziri örinbosari Kanat Bozumbayev. 29 kişi şifoxonaga yotqizilgan, şundan uç nafari bolalar. Jabrlanganlardan 11 nafari oğir ahvolda qolmoqda. Şifoxonadagilarning 15 nafari Ozarboyjon, töqqiz nafari Rossiya, ikki nafari Qirğiziston fuqarolari, yana uç kişining fuqaoligiga aniqlik kiritilmoqda.

Bungaça Qozoğiston FVV 29 kişi halokatdan omon qolganini, RIA Novosti esa jabrlanganlardan töqqiz nafari oğir ahvolda ekanini xabar qilgandi.

Halokatdan keyin samolyot parçalangan, dum qismi ajralgan va ağdarilgan. Fotosuratlar va hodisa videolaridan köriş mumkinki, omon qolganlar aynan samolyotning dum qismida bölgan.

Samolyot halokatga uçraşi videoga olingan. Kadrlarda samolyot balandlikka kötarilişga uringani, ammo boşqaruv tizimlari işdan çiqişi tufayli pastlagani, qöniş yölagiga kirişdan oldin 45 daraja burçak ostida yerga urilgani va şundan keyin portlaş röy berganini köriş mumkin.

Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda halokatdan keyin olingan videolar paydo bölgan.

Ularda omon qolganlarni va usti yopib qöyilgan jasadlarni köriş mumkin.