Şimoliy Koreyadan kelgan harbiy xizmatçilar iştiroki Rossiya qurolli kuçlarining Kursk oblastidagi yurişiga yangi impuls berdi. Endi ular Ukraina qurolli kuçlarining Rossiyaning mazkur regionidagi asosiy istehkomlariga juda yaqinlaşib kelişdi.
Quyida BBC Ukraina xizmati muxbiri Oleg Çernişning reportaji tarjimasi keltiriladi.
RF armiyasi Kursk oblastidagi qarşi hujumini uç oy muqaddam, sentabr oyi örtalarida boşlagandi. Öşa mahalda Ukraina Rossiyaning 1 ming km kv hududini nazorat qilayotgan, Sudja rayoni markazida öz komendaturasini örnatgan va mudofaa çiziqlarini mustahkamlab olgandi.
Rossiya öz yurişining birinçi tölqinida ukrainlar platsdarmining çap qanotida, Korenevo va Gluşkovo şaharlari atrofida oldinga siljişga erişdi, ammo Ukraina qurolli kuçlari mudofaasini yorib ötişga muvaffaq bölinmadi. Oktyabr va noyabr oylarida davom etgan ikkinçi tölqin ham Kremlga jiddiy muvaffaqiyatlar olib kelmadi.
Ukrain armiyasi çap qanotda Snagost daryosi, öng qanotda Psel daryosi böylab mudofaa çiziğini qurdi va ularni uşlab turibdi.
Aynan mazkur marralarda ukrain harbiylari uzoq vaqt davomida rossiyaliklarning yoppasiga amalga oşirgan kuçli hujumlarini qaytarmoqda. Ukraina qurolli kuçlari BBC bilan suhbatda Rossiya hududini kamida yanvar oyi oxirigaça, ya’ni Amerikaning yangi prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirişguniga qadar uşlab turiş böyiça topşiriq olgan.
Ammo dekabr oyi boşida Kursk oblastidagi harbiy harakatlarda RF tomonidan şimoliy koreyaliklar qöşini faol harakatlana boşlagani ma’lum böldi, bu vaziyatni Moskva foydasiga özgartirişi közda tutilgan.
KXDR qöşini qanday harakatlanmoqda?
OAV va harbiy tahlilçilar ma’lumotiga köra, dekabr örtalarida Rossiya qömondonligi faollik bilan KXDR askarlarini jangga taşlay boşlagan. Ukraina Boş ştabi ma’lumotlari ham buni bilvosita tasdiqlaydi.
Noyabr oyi oxirida ştabning har kungi hisobotida frontning mazkur uçastkasida 20 ga yaqin töqnaşuv qayd etilgan bölsa, 15 dekabrga kelib bu raqam ikki baravarga ortgan. Keyingi hafta davomida esa bu miqdor taxminan şu darajada qolgan va faqat 22 dekabrga kelib pasayib, kuniga 27 ta töqnaşuvgaça tuşgan.
Bu, katta ehtimol bilan, qöşin katta yöqotişlarga uçragani hamda kuç va resurslarni tiklaş zarurati yuzaga kelgani bilan boğliq.












