Magdeburgdagi rojdestvo bozoriga taşrif buyuruvçilarni bosib ketgan saudiyalik şifokor Taleb A. maşinasidan yozma vasiyatnoma topildi, deb xabar berdi haftalik Der Spiegel 23 dekabr, duşanba kuni tergov ma’lumotlariga tayanib. Öz vasiyatnomasida Taleb A. vafotidan keyin uning butun boyligi Germaniya Qizil Xoç qömitasi ixtiyoriga ötişi kerakligini körsatgan. Jurnalning yozişiça, hujjatda siyosiy bayonotlar bölmagan. «Magdeburgdagi rojdestvo bozoriga hujum uyuştirganlikda gumon qilingan şaxs hujum paytida halok bölişini kutgan bölişi mumkin», deb taxmin qilişdi jurnalistlar.

Bundan taşqari, Der Spiegel ma’lumotlariga köra, Taleb A. boşqaruvidagi qora BMW yengil avtomobili 11 dekabr kuni — hujumdan bir haftadan köproq vaqt oldin ijaraga olingan. Bir kundan keyin saudiyalik Magdeburgdagi Maritim mehmonxonasidan Amerika blogi uçun videointervyu berdi va unda ikki amerikalik: milliarder Ilon Mask va fitna nazariyotçisi Aleks Jonsni maqtadi. Şuningdek, u Germaniya Suriyadan radikallarni mamlakatga kiritayotganini bildirgan, deb yozadi Der Spiegel.

Magdeburgda GuM va uning raqiblari aksiyalari 

23 dekabr kuni Magdeburgda uç kun avval avtomobil rojdestvo bozoriga taşrif buyuruvçilar ustiga haydalganidan söng, öng populistik «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasi tarafdorlari va ularning raqiblari tomonidan mitinglar ötkazilmoqda. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib AFP xabar berişiça, «Biz motam tutmoqçimiz/Nafratga imkoniyat berma!» şiori ostidagi aksiya haqida ikki şaxs va bir jamoat taşkiloti xabar bergan. Yana bir şaxs — «Nafrat va taşviqotga imkoniyat berma!» şiori ostidagi miting haqida ma’lum qilgan. Ikkala tadbirga ham bir neça yuz kişi qöşilgan. 

Şu bilan birga, GuM tarafdorlari şaharning sobor maydonida namoyişga töplanişdi, u yerda uç kun oldin Germaniyadan siyosiy boşpana olgan Saudiya fuqarosi, 50 yoşli şifokor Taleb A. rojdestvo bozoriga taşrif buyuruvçilarga hujum qildi. Uning iştirokçilari töğrisidagi ma’lumotlar, deb yozadi AFP, rasmiylar tomonidan hali e’lon qilinmagan, ammo ular yiğilganlarning «katta soni» haqida gapirişgan. Ulardan ba’zilari «Deport!» deya hayqirgan.

Uşbu aksiya «Ğam birlaştiradi – xavfsiz kelajak uçun» şiori ostida ötkazildi. GuM boş kotibi Yan Vensel Şmidtning aytişiça, hujum «dahşatli siyosiy muvaffaqiyatsizlikni» körsatdi. Uning versiyasiga köra, Taleb A. öz niyatini oşkora e’lon qilgan, biroq Germaniya rasmiylari uning boşpana söraş arizasini qondirgan. Hujumda ularning (huquq-tartibot idoralari xodimlarining) qöllarini boğlab, qöllab-quvvatlamagan» politsiya rahbariyati aybdor, deb işontirdi öng populist.