Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer mamlakat parlamentini (bundestag) tarqatib yuborib, 2025 yil 23 fevral kuni muddatidan oldin parlament saylovlari ötkazilişini belgiladi, deb xabar beradi Tagesschau.

«Hozirgidek murakkab davrda barqarorlikni ta’minlaş uçun salohiyatli hukumat va parlamentda işonçli köpçilik talab etiladi», — deya uning sözlarini keltiradi Deutsche Welle.

Mamlakat prezidenti parlamentni tarqatib yuboriş niyati haqida 20 dekabrda ma’lum qilgandi. Uning aytişiça, «federal hukumatga barqaror parlament köpçiligini yaratiş uçun boşqa heç qanday istiqbol yöq».

16 dekabr kuni Germaniya kansleri Olaf Şolsning federal hukumatiga işonç bildiriş böyiça ovoz berişda Germaniya parlamentining 394 nafar a’zosi bunga qarşi çiqdi. Bundestagning 207 deputati hukumatni qöllab-quvvatladi, yana 116 nafari betaraf qoldi.

Şols koalitsion hukumatiga, jumladan, eng yirik muxolifat fraksiyasi a’zolari — Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) konservativ bloki, hukmron koalitsiyani tark etgan Erkin demokratik partiya (EDP), şuningdek, Söl partiya va Sara Vagenknext ittifoqi (SVI) populistlari hamda «Germaniya uçun muqobil» (GuM) vakillari işonçsizlik bildirdi. Hukumatda qolgan «yaşillar» partiyasi deputatlari ovoz berişda betaraf böldi.

Hukmron koalitsiya parçalanganidan keyin Şols deputatlar oldiga işonç töğrisidagi masalani qöydi — uşbu ovoz beriş jarayoni muddatidan oldin saylovlarni belgilaş uçun rasmiy asos uçun kerak bölgan. Ovoz berişdan keyin Şols Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyerga murojaat qilib, parlamentni tarqatib yuboriş taklifini berdi.